Назад
Sirdaryoning Sayxunobod tumanida zamonaviy yangi turistik maskani bunyod etilmoqda

 

Yangi hayot mahallasi hududidan o‘tuvchi Sirdaryo daryosining chap qirg‘og‘ida joylashgan, uzoq yillar davomida bo‘sh va qarovsiz holatda yotgan 55 gektarlik yer maydonida bugungi kunda keng ko‘lamli qurilish ishlari boshlab yuborilgan.  

– Buning uchun salohiyatli investorlar jalb etildi. Jumladan, O‘rikzor mahallasi hududidan o‘tuvchi daryo qirg‘og‘idagi qariyb 3 gektarlik maydonda ham tabiiy go‘zallik bag‘rida dam olish maskani tashkil etiladi. Bu yerda hayvonat dunyosi, daryo manzaralari va tabiat qo‘ynida hordiq chiqarish imkonini beradigan 10 ta oynavand kapsula qurilishi ko‘zda tutilgan.
Qariyb 4 million dollarlik investitsiya qiymatiga ega mazkur loyiha afg‘onistonlik investor — “Fazilat Grop” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilmoqda.

Mazkur hududdagi 5 ta eski bino o‘rnida zamonaviy mehmonxona, restoran va servis xizmatlari ob’ektlari barpo etiladi. Bu mahalliy va xorijiy sayyohlarga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish, tumanda yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Loyiha doirasida joriy yil yakuniga qadar xonaki hayvonlar bog‘i, bolalar va oilalar uchun ma’naviy-ma’rifiy hamda ko‘ngilochar maskanlar, daryo bo‘yida zamonaviy so‘rilar, yashil hududlar va o‘rmonzorlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, sport-sog‘lomlashtirish maydonlari, ayollar va erkaklar uchun alohida basseynlar, sauna, avto muzey hamda barcha qulayliklarga ega ochiq plyaj qurilishi ham nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, sog‘lomlashtirish turizmiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, O‘rikzor mahallasiga yaqin, Rabot mahallasi hududida tabiiy ravishda yer osti qatlamlaridan qaynab chiqib turadigan mineral suv manbai asosida tibbiy sog‘lomlashtirish markazi tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu markaz qon bosimi, gipertoniya, diabet va hazm qilish tizimi kabi xastaliklardan aziyat chekayotgan mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun 24 soat davomida xizmat ko‘rsatadi.
Ushbu markaz faoliyati orqali nafaqat samarali profilaktika va davolash xizmatlari tashkil etiladi, balki 50 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilib, hudud aholisining bandligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов