-
Нет Отзывов
-
В избранные
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 apreldagi PQ–232-son qaroriga muvofiq o‘tkazilayotgan “Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida respublikada yoshlar uchun mazmunli sayohatlar tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 1–10 yanvar kunlari davomida o‘tayotgan mazkur haftalikda 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar, talabalar va yoshlar viloyatning diqqatga sazovor maskanlari, tarixiy obidalari hamda muzeylariga tashrif buyurishmoqda. Sayohatlar yosh avlodning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarning qishki ta’til davrini samarali o‘tkazish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, milliy tarix va madaniy merosimizga bo‘lgan hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlashdan iborat.
Qayd etilishicha, “Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida tashkil etilayotgan bunday sayohatlar yoshlar orasida ichki turizmni ommalashtirish, tarixiy xotira va milliy qadriyatlarga qiziqishni oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Russian