-
Нет Отзывов
-
В избранные
🔹Ta’kidlash joiz, bunday katta hajmdagi cheklovlarning bekor qilinishi ilk bor amalga oshirilmoqda.
🔹Xususan, Hukumat qarori bilan veterinariya xizmati nazorati ostidagi 1 568 ta tovar pozitsiyasi bo‘yicha mahsulotga muvofiqlik sertifikati olish, shuningdek, turizm xizmatlarini ko‘rsatishda mazkur faoliyatga xos bo‘lmagan hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun faoliyat turini amalga oshirishda ayrim ortiqcha cheklovlar bilan bog‘liq jami 1 600 dan ortiq majburiy talablar bekor qilinmoqda.
🔹Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatidagi importni amalga oshirishda tovar qiymatiga qo‘yilgan 5 000 AQSh dollarlik cheklov, turistlarga uy-joyni 30 kungacha ijaraga berish, yog‘ochdan mebel tayyorlashga doir talablar bekor qilindi.
*Manba: Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 15 dekabrdagi 791-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qarori
Manba: https://lex.uz/docs/7919147.
Russian