-
Нет Отзывов
-
В избранные
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekiston Respublikasi Turizm qoʼmitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qarori (https://president.uz/oz/lists/view/8692) qabul qilindi.
Mazkur Qaror iqtisodiyotning strategik jihatdan muhim sektori sifatida turizm sohasining tizimli va barqaror rivojlanishini taʼminlash, sohada davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish, koʼrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish hamda milliy turistik mahsulotlarning jahon bozorida raqobatbardoshligini taʼminlashga xizmat qiladi.
Qarorga muvofiq quyidagilar 2030-yilgacha turizm sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib belgilandi:
✔️ turizm sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini amaldagi 3,5 foizdan 7 foizgacha yetkazish;
✔️ chet ellik turistlarning yillik sonini amaldagi 10 mln nafardan 20 mln nafargacha yetkazish, shu jumladan, toʼlov qobiliyati yuqori boʼlgan turistlar oqimini koʼpaytirish;
✔️ turizm xizmatlari yillik eksporti hajmini 6 mlrd AQSh dollaridan oshirish;
✔️ Oʼzbekistonning turistik shaharlari oʼrtasidagi transport bogʼlanishini yaxshilash, ichki aviaqatnovlar sonini koʼpaytirish hamda yoʼlga sarflanadigan vaqtni kamida 3 baravarga qisqartirish;
✔️ 4 va 5 yulduzli mehmonxonalar sonini 2 baravarga oshirish;
✔️ turistik xizmatlar va mahsulotlarni diversifikatsiya qilish orqali respublikaning turistik salohiyatini toʼliq ishga solish;
✔️ jahonda keng taniladigan Oʼzbekistonning turistik brendini yaratish va milliy turistik mahsulotlarni ommalashtirish uchun yangi instrumentlarni joriy etish.
Russian