Назад
O‘zbekiston “Tourism EXPO Japan” sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

2025-yil 25–28-sentabr kunlari Yaponiyaning Tokoname shahrida o‘tkazilgan “Tourism Expo Japan 2025” xalqaro turizm ko‘rgazmasida O‘zbekistonning boy tarixi va turizm salohiyati keng targ‘ib qilindi. 

Dunyoning 70 dan ortiq davlatidan 12 ming ishtirokchi qatnashayotgan ko‘rgazmada mahalliy va xorijiy kompaniyalari vakillari ishtirokida B2B formatidagi uchrashuvlar tashkil etilib, tashrif buyuruvchilarni yangi sayyohlik yo‘nalishlari va mavjud turizm salohiyati bilan tanishtirgan holda Yaponiyadan va xalqaro tadbirda ishtirok etayotgan bir qator xorij davlatlaridan sayyohlarni jalb qilish va ularning sonini ko‘paytirishga e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston uchun ajratilgan maxsus pavilonda viloyatning qadimiy obidalari, milliy urf-odatlari, an’anaviy liboslari hamda zamonaviy turistik maskanlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Ko‘rgazma doirasida delegatsiya a’zolari Yaponiyaning rivojlangan turizm infratuzilmasi va ilg‘or tajribasi bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, xalqaro turoperatorlar va yirik turistik kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida o‘nga yaqin hamkorlik shartnomalari va memorandumlar imzolandi.

Delegatsiya mazkur nufuzli anjumandagi ishtiroki turizm salohiyatini jahon miqyosida keng targ‘ib etishga, xorijiy sayyohlarni jalb qilishga hamda hududning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.
 

Ko‘rgazmada yirik sayyohlik kompaniyalari, “Chorvoq” va “Zomin” turizm rekreatsion zonalari hamda “Uzbekistan Airways” AJ vakillari o‘rin olgan.

Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar o‘zbek milliy san’ati va o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalaridan iborat madaniy dasturni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов