• Hududlar
Koreya Respublikasidan 1 oyda O‘zbekistonga 3 237 nafar turist kelgan

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida 3 237 nafar Koreya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

📊 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 341 nafarga yoki 11,8 foizga oshgan.

Ularning safar maqsadlari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:

Sayohat – 2 583 nafar;

Xizmat yuzasidan – 232 nafar;

Qarindoshlarni yo‘qlash – 213 nafar;

O‘qish – 209 nafar.

 

Xulosa:

Sayohatning ustunligi (80%): Koreyalik mehmonlarning deyarli 80 foizi aynan sayohat maqsadida kelgan. Bu O‘zbekistonning Koreya bozorida brend sifatida tanilayotganini ko‘rsatadi.

Xizmat va o‘qish: Xizmat yuzasidan va o‘qish uchun kelganlarning soni deyarli teng. Bu ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim va biznes hamkorligi barqaror ekanligini anglatadi.

https://t.me/statistika_rasmiy