• Hududlar
2025-yilda Oʻzbekistonga 11,7 million sayyoh tashrif buyurgan

Milliy statistika qo'mitasining dastlabki ma'lumotlariga ko'ra, 2025-yilda O'zbekistonga jami 11,7 million xorijiy fuqaro sayyohlik maqsadida tashrif buyurgan.

Bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 3,7 million kishiga yoki 46,8% ga oshgan.

Sayyohlar soni bo'yicha yetakchi 10 ta mamlakat:

Qirg'iziston Respublikasi - 3,3 million kishi;

Tojikiston - 2,7 million kishi;

Qozog'iston - 2,7 million kishi;

Rossiya - 984 400 kishi;

Afg'oniston - 476 700 kishi;

Turkmaniston - 370 000 kishi;

Xitoy - 278 900 kishi;

Turkiya - 174 900 kishi;

Hindiston - 80 800 kishi;

Koreya Respublikasi - 46 300 kishi.

Manba: https://stat.uz/ru/press-tsentr/novosti-goskomstata/66310-2025-jilda-zbekistonga-11-7-million-nafar-turist-kelgan-3