• Hududlar
So'nggi ikki oy ichida 1 milliondan ortiq O'zbekiston fuqarolari chet elga sayohat qilishdi

 

O'zbekiston Milliy statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2026-yil yanvar-fevral oylarida 1 081 612 nafar O'zbekiston fuqarosi turizm maqsadida chet elga sayohat qilgan.

📊 O'tgan yilning shu davriga nisbatan bu ko'rsatkich qariyb 49 300 kishiga oshdi.

2026-yilning dastlabki ikki oyida O'zbekiston fuqarolari eng ko'p tashrif buyurgan 10 ta mamlakat quyidagilar:

Qirg'iziston Respublikasi — 426 421 kishi
Tojikiston — 179 390 kishi
Qozog'iston — 166 017 kishi
Saudiya Arabistoni — 115 350 kishi
Rossiya — 62 054 kishi
Turkiya — 34 634 kishi
BAA — 26 449 kishi
Tailand — 10 946 kishi
Xitoy — 8 890 kishi
Misr — 8 872 kishi

https://t.me/statistika_rasmiy