• Hududlar
Ikki oy ichida O'zbekistonga 1,7 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi

 

Milliy statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2026-yil yanvar-fevral oylarida O'zbekistonga 156 mamlakatdan jami 1 776 336 nafar xorijiy fuqaro sayyohlik maqsadida tashrif buyurgan.

📊 Bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 441 000 kishiga yoki 33% ga oshgan.

Sayyohlar soni bo'yicha eng yaxshi 10 ta mamlakat:

Qirg'iziston Respublikasi - 521 138 kishi;

Tojikiston - 469 060 kishi;

Qozog'iston - 386 284 kishi;

Rossiya - 123 310 kishi;

Afg'oniston - 83 613 kishi;

Turkmaniston - 51 206 kishi;

Xitoy - 49 080 kishi;

Turkiya - 24 212 kishi;

Hindiston - 9 438 kishi;

Koreya Respublikasi - 5398 kishi.