Ayrim elchixonalarda madaniyat va turizm masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi

 

“O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan madaniyat va turizm sohalaridagi aloqalarini yanada kengaytirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–15-son, 30.01.2026 y.) qabul qilindi.

🔰 Farmonga ko‘ra, O‘zbekistonning mazkur Farmon ilovasida belgilangan davlatlardagi elchixonalarining shtat jadvaliga qo‘shimcha ravishda madaniyat va turizm masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi kiritiladi.

✅ Ushbu lavozim xorijiy mamlakatlarda O‘zbekistonning madaniyat va turizm sohalaridagi tashabbuslarini muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida joriy etilgan.

📁 Maslahatchi lavozimiga tayinlash va undan ozod etish Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘yicha departamenti boshlig‘i taqdimnomasiga muvofiq tashqi ishlar vaziri tomonidan amalga oshiriladi. 

⏭️ Maslahatchi tegishli davlatdagi diplomatik vakolatxona rahbariga bo‘ysunadi va uning 2 tomonlama munosabatlarni rivojlantirish faoliyatiga ko‘maklashadi.

📙 Maslahatchi Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘yicha departamenti boshlig‘iga hisobdor bo‘ladi.