• Hududlar
2026 yilning ilk oyida 7 mingga yaqin o‘zbekistonliklar Tailandga borgan

 

 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar oyida 6 890 nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Tailandga safar qilgan.

 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 6 foizga oshgan.

 Ularning safar maqsadlari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:

sayohat – 6 478 nafar;

qarindoshlarni yo‘qlash – 406 nafar;

o‘qish – 4 nafar;

xizmat yuzasidan – 2 nafar.