2025 yilda Surxondaryoda turizm sohasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan loyihalar

Sarhisob-2025: Surxondaryoda turizm sohasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar 

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish, hududning ichki va tashqi turistik salohiyatini oshirish borasida muhim natijalarga erishildi.

Xususan, yil davomida 3 million nafar mahalliy, 918 ming nafar xorijiy turist jalb etilib, 150 million AQSh dollari miqdorida turistik eksport hajmi shakllantirildi.

Viloyatda 10 ta madaniy-ko‘ngilochar tadbir tashkil etildi. Shuningdek, “Sayrob”, “Chorbog‘” va “Nilu” qishloqlariga “Turizm qishlog‘i” maqomi berilib, ularning umumiy soni 6 taga yetkazildi. Aholi va mehmonlar uchun qulay infratuzilma yaratish maqsadida 9 ta zamonaviy turizm ko‘chasi barpo etildi.

Turistik xizmatlar ko‘lamini kengaytirish doirasida 11 ta mehmonxona, 12 ta mehmon uyi va 11 ta xostel, jami 34 ta joylashtirish vositasi ishga tushirildi.

Bundan tashqari, Surxondaryoning boy tarixiy-madaniy va tabiiy turistik salohiyati dunyoning rivojlangan mamlakatlarida keng targ‘ib qilindi.