• Hududlar
Toshkent — Xiva yo‘nalishida “Jaloliddin Manguberdi” tezyurar poezdi yo‘lga qo‘yiladi

2026-yil 2-maydan boshlab Toshkent — Xiva yo‘nalishida “Jaloliddin Manguberdi” nomli zamonaviy tezyurar poezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur yangilik Xorazm viloyatiga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun yanada qulay va tezkor transport imkoniyatini yaratadi.

Yangi “Hyundai Rotem” poezdi 7 ta vagondan iborat bo‘lib, soatiga 260 km tezlikda harakatlana oladi hamda VIP, biznes va ekonom toifalarida qariyb 390 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. Poezd O‘zbekiston iqlimiga moslashtirilgan bo‘lib, turli ob-havo sharoitlariga chidamli zamonaviy tizimlar bilan jihozlangan.

Mazkur qatnov yo‘lga qo‘yilishi sayyohlarning sayohat sifatini oshirish, yo‘lda sarflanadigan vaqtni qisqartirib, ko‘proq vaqtni bevosita sayohatga ajratish imkonini beradi. Natijada hududga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni ortishi kutilmoqda.