Назад
"Buyuk ipak yo‘li” Xalqaro maqom festivali – Marg‘ilonda!

 

Joriy yilning 2-oktabr kuni, Farg‘ona viloyatining qadim va betakror shahri — Marg‘ilon shahar markazidagi Ijodkorlar bog‘ida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali - do‘stlik va san’at bayrami ko‘tarinkilik bilan bo‘lib o‘tdi. 

Turli xalqlar kuy-navolari, maqomning ohanglari, milliy ruh va badiiyat uyg‘unligi sizni sehrlab qo‘yadi. Tadbirlarda yurtimiz hududlaridan, shuningdek, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi va mamlakatimiz viloyatlaridan kelgan san’atkorlar turli yo‘nalishdagi maqomlarni mohirona ijro etdilar. Ishtirokchilarning har bir chiqishi hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholab borildi.

Festival doirasida o‘tgan tanlovda hunarmandlar, san’at ixlosmandlari, keng jamoatchilik vakillari va yoshlar qatnashmoqda.

✨ Hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari
🍢 Milliy taomlar va oziq-ovqat rastalari
👘 Milliy liboslar va moda namoyishlari
🎭 Teatr jamoalari chiqishlari
🎪 Dorbozlar tomoshalari
🎤 Mahalliy va xorijiy san’atkorlar konsertlari

Tantanali taqdirlash marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning festival ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

 Marg‘ilon qadimiy ipak yo‘lining yuragi, bugun esa — san’at va do‘stlik maskani bo‘ldi! 

 

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов