-
Нет Отзывов
-
В избранные
Hozirda Samarqand tumanida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan bir qator investitsion loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Mazkur tashabbuslarning asosiy maqsadi — hududning turistik salohiyatini oshirish, yangi xizmatlar turlarini joriy etish hamda aholi uchun qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishdan iborat.
“Oq Buyro” turistik rekreatsion zonasi yaqin yillarda viloyatning muhim sayyohlik maskanlaridan biriga aylanishi kutilmoqda. Loyiha doirasida mehmonxona majmualari, oilaviy dam olish hududlari, sport, ko‘ngilochar va boshqa infratuzilmalar barpo etilishi rejalashtirilgan.
Mazkur tashabbuslar amalga tatbiq etilgach, Samarqand tumanida ichki va tashqi sayyohlar oqimi oshishi, iqtisodiy ko‘rsatkichlar mustahkamlanishi hamda hududga xorijiy investorlarning qiziqishi yanada kuchayishi kutilmoqda.
Russian