-
Нет Отзывов
-
В избранные
Prezidentimiz qaroriga muvofiq, Surxondaryo viloyatida uchta yirik turizm markazi tashkil etilmoqda. Ushbu loyihalardan biri — 615 gektar maydonni qamrab olgan "Sangardak" turizm markazidir.
Loyiha "Turonbank" hamda xorijiy kompaniyalar hamkorligida ishlab chiqilgan zamonaviy master-reja asosida amalga oshirilmoqda. Majmua tog‘li hududning tabiiy salohiyatini to‘liq namoyon etgan holda, ichki va tashqi sayyohlar uchun qulay hamda jozibador infratuzilmani yaratishni maqsad qilgan.
Ayni paytda loyiha doirasida tog‘ dor yo‘li, mehmonxonalar, restoranlar, kapsula uylar, bungalovlar, mehmon uylari, savdo bozorchasi, avtoturargohlar hamda turli xizmat ko‘rsatish obyektlarining qurilishi jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Mazkur turizm majmuasi kelgusida hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va Sangardakni mamlakatimizdagi yirik sayyohlik yo‘nalishlaridan biriga aylantirishga xizmat qiladi.
Russian