

Shirinliklar narxi:
"Qurbon-bayram" degan yozuvli shokolad bari - 170 000 so'm;
"Qurbon hayiti" shokolad va bar to'plami-380 000 so'm;
xurmo va kafel bilan to'plam "Qurbon bayram" - 390 000 so'm;
xurmo va shokoladli to'plam - 430 000 so'm;
draje, xurmo va shokoladli to'plam - 600 000 so'm;
Eid Muborak mediantli dumaloq to'plam - 950 000 so'm;
"yarim oy" to'plami-1 190 000 so'm.
Ma'lumot uchun telefon: (+998) 90-917-3575 yil.






Qadrli hamkasblar!
Aziz do'stlar!
Ushbu bayram kunida Sizga va yaqinlaringizga mustahkam sog'lik, ko'tarinki kayfiyat, baxt-saodat, omad va barcha ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilashga ijozat bergaysiz!
Ona diyorimiz – serquyosh O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling! Uning har bir yashirin burchagini o'rganing, yangi taassurotlar va his-tuyg'ular oling, yangi kashfiyotlar qiling.
Turizm va sayohat orqali dunyoni o'rganing!
Butunjahon turizm kuni bilan!















Tarixning zamonaviy ko‘rinishi:
Toshkentning sokin va ilmiy ruhi bilan yashayotgan hududlaridan birida, Olimlar ko‘chasida joylashgan Geologiya muzeyi har kimni hayratga soladi.
Bu oddiy bino emas — bu yerda minglab yillar davomida yer qa’rida yashiringan sirlar, tarixlar va topilmalar jamlangan. Bu sayohat nafaqat bilim, balki hayrat, fikr va his-tuyg‘ular bilan to‘lib-toshadi.
Geologiya muzeyining tarixi 1926-yildan boshlanadi. O‘shanda faqat bir xona bo‘lgan bu joy bugun uch qavatli zamonaviy ekspozitsiyaga aylangan.
Har bir zaldan o‘tayotganda, o‘tmish siz bilan sokin, ammo chuqur suhbat qurayotgandek tuyuladi. Qadimgi tog‘ jinslari, noyob minerallar, shliflar va dinozavr suyaklarigacha — bu yerda yer tarixining jonli lavhalari jamlangan.
Yaqin tarixda ham muzey geologiya sohasida bilim olayotgan talabalarga o‘quv mashg‘ulotlari o‘tilgan. Bundan tashqari maktab o‘quvchilariga, talabalarga va tashrifchilarga yerniing paydo bo‘lishi, yerning rivojlanish tarixi, Quyosh sistemasi, Yer shari, tog‘ jinslari, vulqonlar otilishi, zilzilalar, ekologiya, qadimgi hayvonot dunyosi, paleontologiya, yer osti hamda yer usti boyliklari haqida ekskursiyalar o‘tilgan.
Prezidentning 2020-yil 8-iyundagi qarori bilan Geologiya muzeyi yangilangan holda qaytadan tashkil etilgan. Muzeyning yangi binosida bugungi zamonaviy muzeylar talablariga javob beradigan barcha imkoniyatlar yaratilgan. Muzey ekspozitsiyasi yangi konsepsiya asosida tashkil etilgan.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, bugungi kunda muzey xazinasida 50 mingga yaqin eksponatlar saqlanadi. Bular minerallar, tog‘ jinslari, shliflar, noyob topilmalar va boshqa topilmalardan iborat.
Muzeyning ko‘rgazma zallari binoning 3 qavatiga joylashtirilgan.
Jumladan, birinchi qavatda Yerdagi tabiiy minerallar haqida batafsil ma’lumot beruvchi bo‘lim mavjud. Bundan tashqari, Quyosh tizimidagi sayyoralar, qadimgi suvosti hayvonot dunyosi to‘g‘risidagi bo‘limlar ham mehmonlarga xizmat ko‘rsatadi. Shu bilan birga, ushbu qavatda instagrambop planetariy bor. Unda orqa fonda Quyosh, Yer, Zuhro kabi sayyoralarning kattalashtirilgan yorqin tasviri namoyish etiladi.
Muzeyning 2-qavatiga chiqishingiz bilan g‘orga duch kelasiz. Uning ichiga kirishingiz bilan ibtidoiy odamlar jamoasiga duch kelasiz. Shuningdek, yo‘lak davomida turli mineral toshlar va hayvonlarni uchratish mumkin. Bu yer yaxshi yoritilmagani uchun rasm tushishga biroz qiynalishingiz turgan gap. Biroq tarixga nazar tashlash uchun ajoyib yechim bo‘la oladi.
2-qavatdagi yana bir e’tiborli jihat dinozavrlarning maketlaridir. Ulardan birining boshi 3-qavatgacha chiqqan. Bu orqali qadimgi jonivorlarning haybati tasvirlangan deyish mumkin. So‘nggi qavat asosan minerallarga bag‘ishlangan. Va ularning ko‘rinishi, kelib chiqishi hamda kimyoviy tarkibi haqida batafsil ma’lumot berilgan.
2020-yilda Davlat geologiya muzeyiga O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi huzuridagi Davlat muzeylarining toifalarini belgilash bo‘yicha maxsus komissiya majlisining qaroriga asosan — “Oliy toifali” muzey guvohnomasi berilgan.
Ish kunlari: Seshanbadan yakshanbagacha (faqatgina dushanba dam olish kuni).
Ish vaqti: 09:00 dan 17:00 gacha, shanba-yakshanba kunlari 09:00 dan 16:00 gacha.
Narxlar:
- kattalarga — 25 ming so‘m;
- talabalarga — 15 ming so‘m;
- o‘quvchilarga — 10 ming so‘m;
- nafaqaxo‘rlarga — 10 ming so‘m;
- 7 yoshgacha bolalarga bepul;
- ekskursiya xizmati — 30 ming so‘m.
Manzil: Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Olimlar ko‘chasi 64-uy.
Yandex Xarita | Google Xarita Manba: Afisha.uz
Murojaat uchun telefon: (+998) 93−557−3722.





















2025-yil 25–28-sentabr kunlari Yaponiyaning Tokoname shahrida o‘tkazilgan “Tourism Expo Japan 2025” xalqaro turizm ko‘rgazmasida O‘zbekistonning boy tarixi va turizm salohiyati keng targ‘ib qilindi.
Dunyoning 70 dan ortiq davlatidan 12 ming ishtirokchi qatnashayotgan ko‘rgazmada mahalliy va xorijiy kompaniyalari vakillari ishtirokida B2B formatidagi uchrashuvlar tashkil etilib, tashrif buyuruvchilarni yangi sayyohlik yo‘nalishlari va mavjud turizm salohiyati bilan tanishtirgan holda Yaponiyadan va xalqaro tadbirda ishtirok etayotgan bir qator xorij davlatlaridan sayyohlarni jalb qilish va ularning sonini ko‘paytirishga e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston uchun ajratilgan maxsus pavilonda viloyatning qadimiy obidalari, milliy urf-odatlari, an’anaviy liboslari hamda zamonaviy turistik maskanlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Ko‘rgazma doirasida delegatsiya a’zolari Yaponiyaning rivojlangan turizm infratuzilmasi va ilg‘or tajribasi bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, xalqaro turoperatorlar va yirik turistik kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida o‘nga yaqin hamkorlik shartnomalari va memorandumlar imzolandi.
Delegatsiya mazkur nufuzli anjumandagi ishtiroki turizm salohiyatini jahon miqyosida keng targ‘ib etishga, xorijiy sayyohlarni jalb qilishga hamda hududning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.
Ko‘rgazmada yirik sayyohlik kompaniyalari, “Chorvoq” va “Zomin” turizm rekreatsion zonalari hamda “Uzbekistan Airways” AJ vakillari o‘rin olgan.
Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar o‘zbek milliy san’ati va o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalaridan iborat madaniy dasturni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi















Farg‘ona viloyati Quva tumanida “Maxsud ota” fermer xo‘jaligi tomonidan kunlik 50 nafar mehmonni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan zamonaviy eko va ovchilik turizm maskani ishga tushirildi. Bu yangi turizm ob’yekti mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun tabiat qo‘ynida dam olish imkoniyatini yaratadi.
Maskanda baliq ovlash, ekoturizm, gastronomik turizm kabi yo‘nalishlar bo‘yicha barcha sharoitlar yaratilgan. Sayyohlar bu yerda tabiiy go‘zalliklar bilan tanishib, milliy taomlardan bahra olishlari, ovchilik xursandchiligini his qilishlari mumkin.
“Maxsud ota” — nafaqat dam olish, balki ekologik madaniyat va mahalliy turizmni rivojlantirishda muhim qadam hisoblanadi. Tabiatni sevuvchi va sog‘lom turmush tarzini afzal ko‘ruvchi har bir inson uchun bu maskan — betakror sayohat manzilidir.
📍Lokatsiya (https://maps.windows.com/?form=WNAMSH&collection=point.40.515155_71.97598_Point)



Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2017-2024 yillarda O‘zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilgan islohotlar natijalarini o‘rgandi.
Tahlillarga ko‘ra, ushbu davrda turizm iqtisodiyotning strategik tarmog‘iga aylandi: xorijiy sayyohlar soni qariyb to‘rt barobarga oshdi, turistik xizmatlar eksporti o‘n baravardan ziyod o‘sdi, sohada bandlik ikki barobarga ko‘paydi. Viza rejimining liberallashuvi, yirik investitsiyalar va infratuzilmani modernizatsiya qilish natijasida O‘zbekiston sayyohlik oqimini jadal oshirishga va xalqaro maydonda o‘z imijini mustahkamlashga erishdi.
So‘nggi yillarda turizm O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Mamlakatda turizm sohasini rivojlantirish, uning imkoniyatlarini aholi va jahon jamoatchiligi orasida ommalashtirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
2017 yildan boshlab vizaviy rejim liberallashtirildi, infratuzilma modernizatsiya qilindi va ichki hamda xalqaro turizm qo‘llab-quvvatlandi. Bu orqali turizm iqtisodiy diversifikatsiya, ish o‘rinlari yaratish va mamlakatning ijobiy imijini dunyoga targ‘ib etishning strategik sohasiga aylandi.
«To‘siqsiz turizm» infratuzilmasini kengaytirish doirasida 93 mamlakat fuqarolari uchun viza bekor qilindi. Elektron viza orqali 56 mamlakat fuqarolari mamlakatimizga tashrif buyurishi mumkin. 47 davlat fuqarolari uchun tranzit vizasiz besh kungacha turish huquqi beriladi. 76 davlat fuqarolari uchun turistik vizani rasmiylashtirish tartibi soddalashtirildi.
2024 yilda Xitoy Xalq Respublikasining Sian, Pekin, Shanxay, Chansha, Guylin, Guanchjou, Sanya, Shenchjen, Honkong va Chendu shaharlarida yirik turoperatorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, O‘zbekistonning turistik salohiyati taqdim etildi.
Yevropa, Shimoliy Amerika, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Yaqin Sharq, Xitoy va Markaziy Osiyoda «World Media», «Blue Sky», «Sky one», «Wanderlust», «Euronews» kabi yirik mediakorporatsiyalar bilan hamkorlikda O‘zbekistonning xalqaro imiji targ‘ib etildi. Shuningdek, «Ctrip.com», «Holiday factory», «Voyage Prive» kabi onlayn platformalar va xorijiy telekanallar orqali reklama qilindi.
2024 yilning 25-26 aprelida Xiva shahrida«Shahrisabz – Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining turistik poytaxti» tadbirlari bo‘lib o‘tdi. 31 may-2 iyun kunlari «Xiva – 2024 yil Islom dunyosi turistik poytaxti» va Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar turizm vazirlari XII majlisi tashkil etildi.
2023 yil 16-20 oktabrda Samarqand shahrida Jahon turizm tashkiloti (YuNVTO)Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi o‘tkazildi. Unda 127 mamlakatdan 1200 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi (Ular orasidan 70 dan ortiq delegatsiya vazirlar darajasida, 25 ta delegatsiya a’zo davlatlarning vazir o‘rinbosarlari darajasida, yirik turizm biznesining 120 vakili, mehmondo‘stlik sohasidagi yetakchi xalqaro oliy ta’lim muassasalarining 90 dan ortiq vakili hamda yetakchi xorijiy ommaviy axborot vositalarining 150 vakili qatnashdi). O‘zbekistonni «Ipak yo‘li turizmi» markaziga aylantirish maqsadida Bosh Assambleyaning ushbu sessiyasi doirasida Samarqandda YuNVTO Tematik ofisini ochish va unga diplomatik maqom berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shuningdek, Samarqand shahriga «Jahon madaniy turizmi poytaxti» maqomi berish to‘g‘risida deklaratsiya qabul qilindi.
Turistik oqim dinamikasi tahlili asosida 40 dan ortiq mamlakat sayyohlari uchun yangi yo‘nalishlar ishlab chiqildi.
Respublikadagi umumiy turistik yo‘nalishlar soni 95 taga yetdi.
Ovqatlanish maskanlari va mehmonxonalarda «Halol», «Kosher» va «Vegan» standartlari joriy etilmoqda.
2022 yilning sentabridan «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» dasturi doirasida ichki turizm uchun «Keshbek» tizimi yo‘lga qo‘yildi.
2024 yilda Xitoyning yirik «Trip.com» platformasida O‘zbekiston turizmini targ‘ib qilish dasturi ishga tushirildi.
Natijada faqatgina ushbu platforma orqali kelgan xitoylik sayyohlar soni 37,7 ming nafarga yetdi. Turizm biznesi vakillari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish maqsadida 3 ta biznes-forum tashkil etildi. Natijada 2024 yilda jami 57 mingdan ziyod xitoylik sayyoh mamlakatimizga tashrif buyurdi (o‘tgan yilga nisbatan 1,6 barobar ko‘p).
2022-2024 yillarda «Toshkent siti», «Samarqand turizm markazi», «Afsonalar vodiysi», «Arda Xiva» va «Miraki turizm markazi» kabi yirik ob’ektlar ishga tushirildi.
Samarqandda yangi xalqaro aeroport, 8 ta mehmonxona, kongress-xoll, park va boshqa hordiq maskanlari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, uni «Yangi turizm darvozasi» sifatida tanitdi.
Hududlarda «Turizm mahallasi», «Turizm qishlog‘i», «Turizm ovuli» va «Tabarruk ziyorat» kabi yangi tur mahsulotlar ommalashmoqda.
Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Namangan viloyatlarida 12 ta «turistik qishloq» ish boshladi. Ular yiliga qo‘shimcha 4 mln. sayyohga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega.
Mo‘ynoq va Parkent tumanlarida ekstremal turizmni rivojlantirish maqsadida parashyutdan sakrash va aerodayving xizmatlari tashkil etildi.
Turizm qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yilda O‘zbekistonda 3686 turoperator faoliyat yuritdi (2017 yilda – 749 ta). Ilk bor turoperatorlarning xorijiy sayyohlarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarini moliyalashtirish uchun 50 mln. dollarlik 10 yillik kredit ajratildi.
Mehmonxona o‘rinlari soni 2017 yildagi 37 mingdan 2024 yilda 161 mingga yetdi (4,4 barobar o‘sish).
Turizmning iqtisodiyot rivojlanishiga muhim hissalaridan biri, xususan, aholi turmush darajasini oshirish va kambag‘allikka qarshi kurashish jarayonida, aholini ish bilan ta’minlash hisoblanadi. Turizm qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-2024 yillarda ushbu sohada aholi bandligi 2 barobarga oshgan. 2024 yilda turizm sohasida 391 ming kishi ishlagan (2017 yilda – 187 ming).
Asta-sekin mahalliy va xorijiy sayyohlar soni ortib bormoqda.
2017 yilda 10,6 mln. turist bo‘lsa, 2024 yilda ichki sayyohlar soni 22 mln. nafarga yetdi.
2024 yilda O‘zbekistonga 10,1 mln. xorijiy sayyoh tashrif buyurdi (2017 yilga nisbatan 3,7 barobar ko‘p).
Turizm xizmatlari eksporti 2023 yilda 3,4 mlrd. dollarni tashkil etdi (2019 yilda – 951 mln. dollar, 2021 yilda – 296,4 mln. dollar). 2017-2024 yillarda umumiy eksport hajmi 10,7 mlrd. dollarga yetdi.
Xulosa qilib aytganda, so‘nggi yillarda mamlakatimiz Prezidenti tashabbuslari bilan turizmni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, mavjud imkoniyatlarni samarali ishlatish va ularni kengaytirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonda olib borilgan islohotlar turizmni ikkinchi darajali sohadan iqtisodiyotning strategik sektoriga aylantirdi. Turizm milliy iqtisodiyotning «o‘sish nuqtalari»dan biriga aylanib, fuqarolar daromadlarini oshirishga xizmat qilmoqda va yangi ish o‘rinlari yaratishning muhim omillaridan biri bo‘lmoqda. Vizaviy liberallashtirish, yirik investitsiyalar, infratuzilmani modernizatsiya qilish va xalqaro marketing hisobiga mamlakat sayyohlik oqimlarida ta’sirli o‘sishga erishdi va jahon maydonida tan olindi.
Shu bilan birga, barqaror rivojlanish uchun turmahsulotlar assortimentini kengaytirish, xizmatlar sifatini oshirish va global turistik zanjirlarga integratsiya zarur. Turizm yaqin kelajakda O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy o‘sish «lokomotivi»ga aylanish imkoniyatiga ega.
https://uza.uz/uz/posts/turizmni-ozbekistonning-izhtimoiy-iqtisodiy-osish-lokomotiviga-aylantirish-imkoni-bor_763302





















Yangi hayot mahallasi hududidan o‘tuvchi Sirdaryo daryosining chap qirg‘og‘ida joylashgan, uzoq yillar davomida bo‘sh va qarovsiz holatda yotgan 55 gektarlik yer maydonida bugungi kunda keng ko‘lamli qurilish ishlari boshlab yuborilgan.
– Buning uchun salohiyatli investorlar jalb etildi. Jumladan, O‘rikzor mahallasi hududidan o‘tuvchi daryo qirg‘og‘idagi qariyb 3 gektarlik maydonda ham tabiiy go‘zallik bag‘rida dam olish maskani tashkil etiladi. Bu yerda hayvonat dunyosi, daryo manzaralari va tabiat qo‘ynida hordiq chiqarish imkonini beradigan 10 ta oynavand kapsula qurilishi ko‘zda tutilgan.
Qariyb 4 million dollarlik investitsiya qiymatiga ega mazkur loyiha afg‘onistonlik investor — “Fazilat Grop” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilmoqda.
Mazkur hududdagi 5 ta eski bino o‘rnida zamonaviy mehmonxona, restoran va servis xizmatlari ob’ektlari barpo etiladi. Bu mahalliy va xorijiy sayyohlarga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish, tumanda yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Loyiha doirasida joriy yil yakuniga qadar xonaki hayvonlar bog‘i, bolalar va oilalar uchun ma’naviy-ma’rifiy hamda ko‘ngilochar maskanlar, daryo bo‘yida zamonaviy so‘rilar, yashil hududlar va o‘rmonzorlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, sport-sog‘lomlashtirish maydonlari, ayollar va erkaklar uchun alohida basseynlar, sauna, avto muzey hamda barcha qulayliklarga ega ochiq plyaj qurilishi ham nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, sog‘lomlashtirish turizmiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, O‘rikzor mahallasiga yaqin, Rabot mahallasi hududida tabiiy ravishda yer osti qatlamlaridan qaynab chiqib turadigan mineral suv manbai asosida tibbiy sog‘lomlashtirish markazi tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu markaz qon bosimi, gipertoniya, diabet va hazm qilish tizimi kabi xastaliklardan aziyat chekayotgan mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun 24 soat davomida xizmat ko‘rsatadi.
Ushbu markaz faoliyati orqali nafaqat samarali profilaktika va davolash xizmatlari tashkil etiladi, balki 50 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilib, hudud aholisining bandligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.



Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-avgust oylarida jami 7,5 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 2,5 mln nafarga yoki 49,1 % ga oshgan.
🌍 Ularning soni mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
Qirg‘iz Respublikasi – 2 164 521 nafar;
Qozog‘iston – 1 769 910 nafar;
Tojikiston – 1 699 984 nafar;
Rossiya – 663 296 nafar;
Afg‘oniston – 304 510 nafar;
Turkmaniston – 243 512 nafar;
Xitoy – 135 408 nafar;
Turkiya – 113 109 nafar;
Hindiston – 42 256 nafar;
Koreya Respublikasi – 30 039 nafar;
Boshqa davlatlar – 349 849 nafar.
📊 Ularning soni safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
qarindoshlarni yo‘qlash – 5 166 373 nafar;
sayyohlik – 1 148 469 nafar;
xizmat yuzasidan – 837 535 nafar;
tijorat – 287 747 nafar;
davolanish – 62 054 nafar;
o‘qish – 14 216 nafar.






Musaffo havo, beqiyos tog‘lar va yulduzli osmon ostida sizni kutilmagan sarguzashtlar kutmoqda.
🔹 20 ta kottej, 10 bungalo va 10 shale tipidagi uylar – oilaviy dam olish uchun,
🔹 20 ta kapsula turar joy – yoshlar va sarguzasht ixlosmandlari uchun,
🔹 Zamonaviy restoran – milliy va jahon taomlari bilan,
🔹 Piyodalar yo‘laklari va obodonlashtirilgan hudud – sayr va hordiq uchun.
Maydanak nafaqat mahalliy mehmonlar, balki xalqaro sayyohlar uchun ham ekoturizm va ilmiy kuzatuv markaziga aylanmoqda!


























































































Joriy yilning 2-oktabr kuni, Farg‘ona viloyatining qadim va betakror shahri — Marg‘ilon shahar markazidagi Ijodkorlar bog‘ida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali - do‘stlik va san’at bayrami ko‘tarinkilik bilan bo‘lib o‘tdi.
Turli xalqlar kuy-navolari, maqomning ohanglari, milliy ruh va badiiyat uyg‘unligi sizni sehrlab qo‘yadi. Tadbirlarda yurtimiz hududlaridan, shuningdek, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi va mamlakatimiz viloyatlaridan kelgan san’atkorlar turli yo‘nalishdagi maqomlarni mohirona ijro etdilar. Ishtirokchilarning har bir chiqishi hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholab borildi.
Festival doirasida o‘tgan tanlovda hunarmandlar, san’at ixlosmandlari, keng jamoatchilik vakillari va yoshlar qatnashmoqda.
✨ Hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari
🍢 Milliy taomlar va oziq-ovqat rastalari
👘 Milliy liboslar va moda namoyishlari
🎭 Teatr jamoalari chiqishlari
🎪 Dorbozlar tomoshalari
🎤 Mahalliy va xorijiy san’atkorlar konsertlari
Tantanali taqdirlash marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning festival ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
Marg‘ilon qadimiy ipak yo‘lining yuragi, bugun esa — san’at va do‘stlik maskani bo‘ldi!









Reformatika turizmning ustuvor turlarini, jumladan, gastronomiya va ichki turizmni belgilab berdi. hududlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Strategik islohotlar agentligi “Reformatics” konsalting kompaniyasi bilan turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni yana bir bor muhokama qildi.
26 sentabr kuni agentlik rahbari Bahodir Rahmatov “Reformatika” rahbari Nika Gilauri bilan uchrashdi. Yig‘ilishda O‘zbekistonning 2040-yilgacha turizmni rivojlantirish strategiyasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning borishi muhokama qilindi. Kompaniya yiliga 20 million xorijiy sayyohni jalb etish maqsadiga erishish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Madaniy-tarixiy turizm, gastronomiya, koʻngilochar, innovatsion turizm va hashamatli turizm kabi beshta ustuvor yoʻnalishga eʼtibor qaratish taklif etilmoqda.
Yangi sayyohlik mahsulotlarini yaratish, xizmatlar sifatini oshirish kabi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi qayd etildi. Maslahatchilar turizm sohasiga sarmoya kiritish va xalqaro marketing kampaniyalarini tashkil etish muhimligini ta’kidladilar.
Muzokaralarda turistik segmentatsiya va chiqish turizmini rivojlantiruvchi davlatlar bilan aloqalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Rahmatov, shuningdek, sayohatchilarni jalb qilish uchun O‘zbekistonning transport imkoniyatlarini rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.
ASR direktori xalqaro reyslar sonini ko‘paytirishdan tashqari, ichki turizmni rivojlantirishga alohida urg‘u berdi. Bunga hozirda faqat Toshkent orqali havo qatnovi amalga oshirilayotgan hududlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish kiradi.
Tomonlar takliflar ishlab chiqish uchun Reformatika vakillari uchun O‘zbekiston hududlari bo‘ylab sayohatlar tashkil etishga kelishib oldilar. Mutaxassislar ularning sayyohlik salohiyatini o‘rganib, mahalliy imkoniyatlarni maksimal darajada oshiruvchi tavsiyalar tayyorlaydi.
Shuningdek, turizmni rivojlantirish strategiyasini tasdiqlovchi qaror loyihasini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh tuziladi. Hujjat noyabr oyida prezidentga taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Reformatika ekspertlari bilan avvalgi uchrashuv iyul oyida bo‘lib o‘tgan edi. Maslahatchilar viza siyosatini soddalashtirish, vizasiz rejimni kengaytirish, dam olish va sarguzasht turizmini rivojlantirishni tavsiya qildi.
Reformatikachilar O‘zbekistonga turizmni rivojlantirish uchun vizasiz rejimni kengaytirishni taklif qildi.
Kompaniya havo sayohatlari geografiyasini kengaytirish va sarguzasht va rekreatsion turlarni rivojlantirishni tavsiya qiladi.
Reformatic konsalting firmasi Oʻzbekistonda 2040-yilgacha turizmni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha ishlarning borishi toʻgʻrisidagi oraliq hisobotini taqdim etdi.Bu haqda Strategik islohotlar agentligi maʼlum qildi.
Taqdimotda Turizm qo‘mitasi, Ekologiya, Tashqi ishlar vazirliklari va boshqa davlat idoralari vakillari ishtirok etdi. Reformatics bosh direktori Nika Gilauri O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosi va geografik joylashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan katta sayyohlik salohiyatini qayd etdi.
2024-yilda turizmdan olingan daromadlar O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 4,7 foizini, bu jahon o‘rtacha ko‘rsatkichining yarmidan ko‘pini (10 foiz) tashkil etdi. Turizm maqsadida kelgan xorijiy sayyohlar ulushi 2021 yildagi 8,3 foizdan 15 foizga oshgan bo‘lsa-da, soha daromadlari boshqa mamlakatlarnikidan pastligicha qolmoqda.
Islohotlar bo'yicha ekspertlar sayyohlar oqimini oshirish va badavlat sayohatchilarni jalb qilish bo'yicha bir qator takliflarni ilgari surdi. Asosiy masalalardan biri viza siyosatini soddalashtirish va vizasiz rejimni kengaytirish edi.
Shuningdek, kompaniya havo qatnovini diversifikatsiya qilish, turistik mahsulotlar katalogini joriy etish, tadbirlar taqvimini ishlab chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rishni tavsiya qildi. Ko‘ngilochar va sarguzasht turizmini rivojlantirish istiqbolli yo‘nalish sifatida ta’kidlandi.
Turistlarni jalb qilishga e’tibor qaratgan holda gastronomiya sohasi va pazandachilik ta’limini modernizatsiya qilish taklif etilmoqda. Reformatika, shuningdek, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va unga investitsiyalarni jalb etish ustida ishlashni tavsiya qiladi.
ASR rahbari Bahodir Rahmatov “Reformatika”ga ichki turizmni rivojlantirish va etnoturizmni rivojlantirishga eʼtibor qaratishni taklif qildi. Shuningdek, O‘zbekiston qonunchilikni, jumladan, “Turizm to‘g‘risida”gi qonunni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berishni so‘radi.
Reformatika shu yilning yanvar oyida Turizm qo‘mitasi va ASR bilan strategiyani ishlab chiqish bo‘yicha uch tomonlama shartnoma imzoladi. Hamkorlik doirasida kompaniya Toshkent shahrida vakolatxona ochishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.






Qozog‘istonda elektropoezd yo‘lovchilari uchun “Garri Potter poezdi” nomli madaniy-ko‘ngilochar shou ishga tushirilmoqda. Bu haqda mamlakatning “Yo‘lovchi tashish” AJ matbuot kotibi ma’lum qildi.
“Sayohat davomida yo‘lovchilarni Garri Potter olamining mashhur qahramonlari qiyofasidagi aktyorlar ishtirokidagi teatrlashtirilgan shou kutmoqda. Dasturda bolalar va kattalar ertaknamo sayohat muhitiga sho‘ng‘ish imkonini beruvchi interaktiv elementlar mavjud. Har bir yosh yo‘lovchiga esdalik sovg‘asi sifatida sehrli tayoqcha topshiriladi. Shou to‘rtta yangi vagondan iborat elektropoezd ichida tashkil etilgan”, deya ta’kidlandi kompaniya xabarida.
Elektropoezd Ostona-1—Tastaq—Ostona-1 yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanadi. Dastur davomiyligi ikki soatni tashkil etadi. “Garri Potter poezdi”ning eng yaqin reyslari 5 oktabr va 12 oktabr kuni soat 11:25 da jo‘nab ketadi.
Chiptaning aniq narxi ko‘rsatilmagan, biroq 30 sentabrgacha oldindan bron qilinsa, narxi yoshidan qat’i nazar, bir kishi uchun 18 700 tenge (34,5 dollar) etib belgilangan. Guruhlar uchun chegirmalar mavjud.



Gullar diyori — Namangan yana sayyohlarni chorlaydi! Festival doirasida:
🐝 10 dan ortiq davlat asalarichilar
🎓 Xalqaro ekspertlar va olimlar bilan ilmiy-amaliy anjuman
🤝 Xorijiy va mahalliy asal yetishtiruvchilar o’rtasida B2B biznes uchrashuvlari va asal yarmarkasi
🎶 Ochiq osmon ostidagi madaniy shoular
🍲 Osh chempionati va moda ko‘rgazmasi sizni kutmoqda
🏆 Festival yakunida g‘oliblar qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi!
✨ Sizlarni “Afsonalar vodiysi” tematik bog’ida bo’lib o’tadigan IV Xalqaro Asal festivalida kutib qolamiz!












Oʻzbekiston mintaqaviy aeroportlarda savdo nuqtalari va oziq-ovqat xizmatlarini rivojlantirish uchun Avolta AG kompaniyasini jalb qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi Sanoat, investitsiyalar va savdo vazirligi.
Avolta AG Shveytsariya kompaniyasi bo'lib, aeroportlar, dengiz portlari, vokzallar, sayyohlik hududlari va kruiz kemalarida bojsiz do'konlar va boshqa chakana savdo nuqtalarini boshqaradi. Kompaniya tarmog'i dunyoning 75 mamlakatidagi 5100 dan ortiq manzillarni o'z ichiga oladi.
Sanoat, investitsiyalar va savdo vazirligi rahbari o‘rinbosari Ilzat Qosimov Shimoliy Osiyoda biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Alan Cheng Zunxi boshchiligidagi kompaniya delegatsiyasini qabul qildi. Tomonlar Avolta kompaniyasining yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yaratishda ishtirok etish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.
Hududiy aeroportlarda bojsiz savdo va sayohat chakana savdosi, shuningdek, oziq-ovqat va ichimliklar (F&B) zonalarini rivojlantirish rejalari muhokama qilindi.
“Avolta” bilan hamkorlik kompaniyaga havo qatnovi xizmatlariga “ilg‘or xalqaro tajriba va investitsiyalar”ni jalb qilish imkonini beradi, deya ta’kidladi vazirlik. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekistonning sayyohlik jozibasini oshiradi va yangi ish o‘rinlari yaratishni ta’minlaydi.


















Xabar berilganidek, Jumladan, 2 kilometr uzunlikdagi "Yoshlar va turizm" ko‘chasi hamda zamonaviy ekoturizm majmuasini barpo etish ishlari olib borilmoqda.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumaniga tashrif buyurib, mazkur loyihalarning amalga oshirilishi holati bilan yaqindan tanishdi. Mas’ullar tomonidan qurilish jarayonlari va avvalgi o‘rganishlarda berilgan topshiriqlarning ijrosi yuzasidan ma’lumot berildi.
Suv ombori qirg‘oqlarini mustahkamlash, tabiiy ekotizimni saqlagan holda qurilish ishlarini tasdiqlangan loyihalar va amaldagi normalarga muvofiq olib borish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.










































✨O‘zbekiston Respublikasi turizm sohasini rivojlantirish va ommalashtirish yo‘lida munosib hissa qo‘shgan davlat organlari xodimlari, jamoat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, ijtimoiy soha vakillari, ommaviy axborot vositalari hamda chet ellardagi vatandoshlarimiz turizmni targ‘ib etish va faol ish olib borishdagi fidoyiligi uchun “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
✨✨Tahririyat jamoasi taqdirlanganlarni "Turizm fidoyisi" ko‘krak nishonini olganliklari bilan samimiy tabriklaydi. Bu turizm sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissangiz va yuksak mahoratingizning e’tirofidir. Sizlarga chin dildan yangi muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar, mustahkam sog‘lik va farovonlik tilaymiz!









🔹Turizm sohasi 2024-yilda rekord darajadagi 357 million ish o‘rnini ta’minlagan bo‘lsa, 2035-yilga kelib bu ko‘rsatkich 91 million yangi ish o‘rniga yetishi kutilmoqda.
🔹Shunga qaramay, demografik va tarkibiy o‘zgarishlar tufayli 43 milliondan ortiq ishchi kuchi yetishmasligi mumkin. Shu bilan birga, kutilayotgan ishchi kuchi tanqisligi:
▫️8,6 mln - mehmondo‘stlik sohasida;
▫️20 milliondan ortiq - past malakali lavozimlarda;
▫️Xitoyda🇨🇳 16,9 mln, Hindistonda🇮🇳 11 mln, Yevropa Ittifoqida🇪🇺 6,4 mln;
▫️Yaponiya🇯🇵, Gretsiya🇬🇷 va Germaniya🇩🇪 eng katta nisbiy kadrlar tanqisligiga ega davlatlardir.
🔹Kadrlar yetishmasligining asosiy sabablari sifatida quyidagilar ko‘rsatilgan: mehnatga layoqatli aholi sonining kamayishi, kadrlarga bo‘lgan talabning ortishi, ayniqsa avtomatlashtirish imkoni bo‘lmagan sohalarda.
Yoshlarni jalb qilish va sohaning jozibadorligini oshirish, ta’lim va biznes o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, raqamli ko‘nikmalar, sun’iy intellekt va barqaror amaliyotlarga sarmoyalarni ko‘paytirish, shuningdek, moslashuvchan kadrlar siyosati va xalqaro ishga qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar taklif etilmoqda.
🔹Ushbu qiyinchiliklarga qaramay, turizm dunyodagi asosiy bandlik omillaridan biri bo‘lib qolmoqda. Barqaror o‘sish uchun davlatlar, biznes va ta’lim tashkilotlari o‘rtasida yanada yaqin hamkorlik zarur.
World Travel & Tourism Council hisoboti: https://wttc.org/news/wttc-report-shows-travel-and-tourism-set-to-support-91mn-new-jobs-by-2035 Tarjimasi:
Ammo 43 million kishining tanqisligi shoshilinch ishchi kuchini rejalashtirish zarurligini ta'kidlaydi.
Rim, Italiya: Butunjahon Sayohat va Turizm Kengashi (WTTC) bugun muhim hisobotini e'lon qildi, unda 2035 yilga kelib bu sektor global miqyosda har uchinchi yangi ish o'rinlarini tashkil etishi mumkin bo'lsa-da, demografik va tarkibiy o'zgarishlar nazorat qilinmasa, 43 milliondan ortiq kishining ishchi kuchi etishmasligiga olib kelishi mumkin.
20 mamlakatga qaratilgan “Sayohat va turizm ishchi kuchining kelajagi” hisoboti bugun Rimda boʻlib oʻtgan Jahon sayyohlik tashkilotining 25-global sammitida taqdim etildi. U Saudiya Arabistoni Qirolligi Turizm vazirligi, Coraggio Group, Miles Partnership va Gonkong politexnika universiteti ko‘magida ishlab chiqarilgan. Hisobot keng ko'lamli global tadqiqotlarga, jumladan biznes rahbarlarining keng ko'lamli so'roviga va WTTC a'zolari va boshqa muhim manfaatdor tomonlar bilan chuqur suhbatlarga asoslangan.
Bu nafaqat sanoat tiklanib, yangi ish o‘rinlari yaratishning global dvigateliga aylanganidan dalolat beradi, balki tarkibiy o‘zgarishlar, jumladan, iqtisodiy o‘sishga nisbatan mehnatga layoqatli aholi sonining qisqarishi sayohat va turizm sohasiga ta’sir qilishda davom etadi, bu esa umumiy iqtisodiyotga nisbatan sezilarli darajada tezroq o‘sishi kutilmoqda.
Misli ko'rilmagan imkoniyatlar sektori
2024-yilda ushbu sektor dunyo bo‘ylab rekord darajadagi 357 million ish o‘rni yaratdi va bu yil 371 million ish o‘rni qo‘shilishi kutilmoqda. Kelgusi oʻn yil ichida sayohat va turizm 91 million yangi ish oʻrinlarini yaratishi kutilmoqda, bu esa butun dunyodagi barcha yangi ish oʻrinlarining uchdan bir qismini tashkil etadi.
2035 yilga borib, sayohat va sayyohlik xodimlariga global talab taklifdan 43 milliondan oshib, ishchi kuchi quvvatidan 16 foizga past bo'ladi.
Hisobotga ko'ra, mehmondo'stlik sanoatida 8,6 million ishchi etishmasligi kutilmoqda, bu talab qilingan darajadan taxminan 18% past.
Sanoat uchun muhim bo'lib qoladigan past malakali lavozimlar eng katta talabga ega bo'ladi. 20 milliondan ortiq qo'shimcha ishchi kerak bo'lishi taxmin qilinmoqda. Odamlarning keng ko'lamli o'zaro ta'sirini talab qiladigan ishlar, shuningdek, avtomatlashtirish qiyin bo'lgan xizmatlar yuqori talabga ega bo'ladi.
Hisobotda ishchi kuchi tanqisligi tahlil qilingan barcha 20 ta yirik iqtisodiyotga ta'sir qilishi ta'kidlangan. Eng katta mutlaq tanqislik Xitoy (16,9 million), Hindiston (11 million) va Yevropa Ittifoqida (6,4 million) prognoz qilinmoqda.
Nisbiy nuqtai nazardan, Yaponiyaning sayohat va turizm sektorida ishchi kuchi taklifi 2035 yilga bo'lgan talabdan 29% past bo'lishi kutilmoqda. Yaponiyadan keyin Gretsiya (-27%) va Germaniya (-26%).
Shunga qaramay, ushbu qiyinchiliklarga qaramay, sayohat va turizm ish o'rinlari yaratishning kuchli manbai bo'lib qolmoqda.
WTTC Bosh direktori vazifasini bajaruvchi Gloriya Gevara shunday dedi: "Sayohat va turizm dunyodagi millionlab odamlarga imkoniyatlar taqdim etuvchi dunyodagi eng yirik ish oʻrinlari yaratuvchilaridan biri boʻlib qoladi. Lekin biz kengroq demografik va tarkibiy oʻzgarishlar hamma joyda mehnat bozorlarini qayta shakllantirayotganini ham tan olishimiz kerak.
"Ko'pgina ishchilar COVID pandemiyasi paytida, sayohat va turizm to'xtab qolganda sanoatni tark etishdi. Endi global ishsizlikning pasayishi va mehnatga layoqatli aholining kamayishi kutilayotgan bir sharoitda, bu mehnat bozoriga, xususan, sayohat va turizm kabi jadal rivojlanayotgan sohalarda qo'shimcha stressni keltirib chiqarmoqda.
"Ushbu hisobot harakatga da'vatdir. Hukumatlar va ta'lim muassasalari bilan hamkorlik qilish orqali sektorimiz ushbu muammolarni hal qilishi va kelajak avlodlar uchun yorqin kelajakni taqdim etuvchi eng istiqbolli tarmoqlardan biri bo'lib qolishi mumkin. WTTC bu bo'shliqni yopish va o'z mamlakatlarida salohiyatni ochish uchun siyosat amalga oshirilishini ta'minlash uchun butun dunyo hukumatlari bilan ishlaydi ".
H.E. Saudiya Arabistoni Podshohligi turizm vaziri Ahmad Al-Xatib qoʻshimcha qildi: "2035 yilga borib har uchinchi yangi ish oʻrinlari sayohat va turizm sohasida boʻladi — boshqa hech bir soha bunday koʻrsatkich bilan maqtana olmaydi. Saudiya Arabistoni 649 mingdan ortiq oʻquv imkoniyatlari va 50 foizga yaqin ayollar mehnati bilan koʻrish va investitsiya orqali nimaga erishish mumkinligini koʻrsatmoqda”.
Sara Meaney, Coraggio Group boshqaruvchi hamkori shunday dedi: "Ushbu hisobot bizga shunchaki statistik ma'lumotlardan ko'ra ko'proq narsani beradi. Bu bizni doimiy o'zgaruvchan muhitda iqtidorli xodimlarni qanday jalb qilish, rivojlantirish va saqlab qolishimizni qayta ko'rib chiqishga undaydi."
"Bu ilhomlantiruvchi, martaba rivojlanishini qo'llab-quvvatlaydigan va bugungi xodimlarning qadriyatlarini aks ettiradigan ish joylarini yaratish uchun sarmoya va majburiyatlarni talab qiladi."
