









🖼️ Bodom Gallery – San’at va Esdaliklar Maskani
“Bodom Gallery” – bu oddiy do‘kon emas, balki san’at va milliy qadriyatlar uyg‘unlashgan galereya. Har bir buyum – usta qo‘llarining mehnati, o‘zbek madaniyatining betakror bir bo‘lagi va yurakdan yaratilgan san’at asari.
Do‘konimizda siz:
-
🎨 Hunarmandchilik mahsulotlari – qo‘lda ishlangan sopol buyumlar, kulolchilik san’ati namunalari, bejirim naqshli idishlar;
-
🧵 Milliy matolar va aksessuarlar – atlas, adras, suzane, zardo‘zlikdan tayyorlangan noyob sovg‘alar;
-
🖌️ Rasm va galereya asarlari – iste’dodli rassomlarning asarlari, milliy ruhni ifodalovchi kartinalar;
-
🎁 Eksklyuziv sovg‘alar – zamonaviy dizayndagi, lekin milliy an’ana va zamon uyg‘unlashgan noyob mahsulotlarni topasiz.
“Bodom Gallery” – mehmonlar uchun Vatanimiz san’ati va madaniyatini kashf etish imkoniyati, safardan unutilmas xotira olib ketish uchun eng yaxshi manzil. Bu yerda xarid qilgan har bir buyum – oddiy sovg‘a emas, balki tarix va madaniyatning tirik guvohi.
🌿 Bodom Gallery – san’atni qadrlovchilar uchun qalbga yaqin joy.





















Respublika ishchi guruhi tomonidan Jondor tumanining "Ushot" MFYga qarashli “Ushot” qishlog‘iga “turizm qishlog‘i” maqomini berish yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
O‘rganish jarayonida qishloqdagi mavjud turizm infratuzilmasi, xususan, hunarmandchilik bilan shug‘ullanayotgan xonadonlar, oilaviy mehmonxona ochish istagida bo‘lgan fuqarolar yashash joylari, hunarmandchilik markazi faoliyati, hududdagi xavfsizlik holati hamda mavjud turizm obyektlari atroflicha ko‘rib chiqildi.
O'rganish davomida aniqlangan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, turizm salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli mas’ullarga amaliy tavsiyalar hamda ko‘rsatmalar berildi.
Ta'kidlash joizki, bu kabi chora-tadbirlar turizm infratuzilmasini rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash hamda qishloq turizmini kengaytirishga xizmat qiladi.












O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-dekabrdagi “Buxoro viloyatida sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-423-sonli qaroriga asosan, Buxoro tumanidagi “Shergiron” MFYga qarashli Chor Bakr qishlog‘i turizm qishlog‘i maqomi beriladigan mahallalar ro‘yxatiga kiritilgan.
Qishloqning turistik imkoniyatlarini o‘rganish va qo‘shimcha turizm namoyish obyektlarini tashkil etish, shuningdek, “turizm qishlog‘i” maqomini olish yuzasidan qonunchilikda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida mas'ullar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Jumladan, Chor Bakr ziyoratgohida olib borilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari, hunarmandchilik faoliyati bilan shug'ullanadigan xonadonlar, qadimiy uylar, 20 dan ortiq restoranlar, yangi qurilayotgan mehmonxonalar faoliyati o‘rganildi.
Mazkur “turizm qishlog‘i” loyihasi doirasidagi ishlar 2026-yilga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan bo'lib, jarayonni yanada jadallashtirish maqsadida mutasaddilar tomonidan muhim chora-tadbirlar belgilab olindi.












🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йилнинг январь-июль ойларида 4,3 млндан зиёд Ўзбекистон фуқаролари туристик мақсадларда чет элга сафар қилган.
📊 Бу кўрсаткич ўтган йилнинг мос даври билан солиштирилганда 954,4 минг нафарга ёки 28,2 % га ошган.
📊 Жорий йилнинг 7 ойида чет элга сафар қилган Ўзбекистон фуқаролари сони мамлакатлар бўйича қуйидагича:
Қирғиз Республикаси — 1 918 904 нафар
Қозоғистон — 799 429 нафар
Тожикистон — 754 123 нафар
Россия — 274 356 нафар
Саудия Арабистони — 151 705 нафар
Туркия — 141 753 нафар
БАА — 82 587 нафар
Миср — 38 081 нафар
Вьетнам — 22 762 нафар
Хитой — 20 484 нафар
Бошқа давлатлар — 132 339 нафар



“Surxon vohasi — turizm uchburchagi” xaritasi Surxondaryo viloyatidagi tarixiy yodgorliklar, muzeylar, ziyoratgohlar, milliy madaniyat markazlari va tabiat manzillarini uch nuqtali yo‘nalishda birlashtirib beradi.
Ushbu xarita Surxondaryoning eng muhim sayyohlik obyektlarini mantiqiy va qulay yo‘nalishda — uchburchak shaklida taqdim etadi. Xaritada qadimiy maqbaralar va qal’alar, mahalliy hunarmandchilik markazlari, tarixiy muzeylar va me’moriy obidalar belgilangan bo‘lib, har bir maskan haqida qisqacha ma’lumotlar mavjud.
Xarita sayohatchilarga oson rejalashtirish va shaharlardan tashqarida ham ommabop bo‘lmagan joylarni kashf etish imkonini beradi.












Toshkent viloyatidagi Obi-Rahmat g‘orida yoshi 80 ming yil deb baholangan kamondan otilgan o‘q uchlariga o‘xshash uchburchak tosh buyumlar topildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi matbuot xizmati.
O‘zbekistonlik arxeologlar uzoq yillardan buyon tosh davriga oid Obi-Rahmat g‘orida qazishma ishlari olib bormoqda. G‘ordan uzoq yillar davomida qazib olingan tosh ashyolar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi olimlari tomonidan Fransiya va Rossiya arxeologlari bilan birgalikda qayta tahlil qilindi.
Yoydan otilgan va boshqa joylardan topilgan o'q uchlari Obi-Rahmatda topilganidan 25 ming yil keyin qilingan. Bu topilmalarni insoniyat tarixida taxminan 80 ming yil oldin yaratilgan va qilingan kamon va o'qdan foydalanishning birinchi dalili qiladi.
Ushbu tadqiqot natijalari “PLOS One” xalqaro ilmiy jurnalida chop etildi. Hozirgacha Yevroosiyoda kamon va oʻqlar faqat soʻnggi tosh asrida (40-12 ming yil avval) paydo boʻlgan, Afrikada esa zamonaviy odam oʻrta paleolitda (70-80 ming yil avval) ov qilgan va bunday topilmalar faqat Afrikaning qadimgi xalqlariga xos xususiyat hisoblangan. Biroq, Obi-Rahmat saytidagi topilmalarning yangi tahlili bu fikrlarni o'zgartiradi. Bu Afrikadan tashqarida kontaktsiz ov qilishning eng qadimgi dalillaridan biridir. Yoy va o'qlardan foydalanishning boshqa qadimiy izlari bir necha yil oldin Frantsiyaning Rona vodiysidagi Mandran maydonida topilgan.



Buxoro osmonida 550 ga yaqin dron parvoz qilib, misli ko‘rilmagan nurlar namoyishini taqdim etadi.
📍Manzil: “Ark” qo’rg’oni sharqiy maydoni
⏱️Boshlanish vaqti: 22 avgust soat 20:00
Kirish bepul!















Viloyat turizm boshqarmasi tomonidan Xonobod shahrida ichki turizm yarmarkasi tashkil etildi.
Ushbu yarmarkada viloyatimizda faoliyat olib borayotgan 50 dan ortiq turizm sohasi tadbirkorlik subyektlari (turoperatorlar, turagentlar, mehmonxonalar, hostellar, oilaviy mehmon uylari) shu bilan birga mazkur ichki turizm yarmarkasi doirasida madaniy tadbirlar o‘tkazildi.
Yarmarkada tadbirkorlar tomonidan turmahsulotlar taqdimotlari hamda hunarmandlar o‘zlarining milliy mahsulotlari bilan ushbu tadbirda ishtirok etdi. Shuningdek, mazkur tadbirga jamoatchilik hamda OAV vakillari, viloyatimizda turizm sohasida ta'lim oluvchi yoshlar taklif etildi.
Bundan tashqari, yarmarka davomida viloyatimizda turizm sohasida yangiliklar, soxaviy o‘zgarishlar va yangi turmarshrutlar taqdimotlari taqdim etildi.













































🍇🍷22-23-август кунлари Паркент туманидаги Заркент қишлоғида “Узум сайли” фестивали бўлиб ўтмоқда.
Юртимизнинг 12 та вилоятидан фермер хўжаликлари, вино заводлари ҳамда табиий ичимликлар, шарбат ва консентрат ишлаб чиқарувчи корхоналар маҳсулотлари кўргазмаси намойиш этилмоқда.
Халқаро илмий-амалий конференцияда Италия, Туркия, Сербия, Россия, Корея, Индонезия, Сингапур, Беларус, Грузия, Озарбайжон каби 30 дан ортиқ давлатдан олимлар ва экспертлар иштирок этмоқда. Шу билан бирга, фестивал доирасида ҳунармандчилик кўргазмаси ҳам ўтказилмоқда. Унда миллий анъаналаримиз ва юртимиз ҳунармандларининг бетакрор маҳсулотлари намойиш этилмоқда. Фестиваль доирасида ташкил этилган.
🎤Айтганча, бугун соат 19:00 да Зоҳиршоҳ Жўраев, Мароканд, Маҳлиё Омон ва яна бошқа кўплаб эстрада юлдузлари иштирокида концерт дастури бўлиб ўтиши режалаштирилган.✨









23-avgust kuni soat 21:00 dan Samarqandning Registon maydonida "Dronlar shousi" o`tkazilarkan
Telefon: (+998) 91-708-9119 (+998) 95-870-0874













































Qurilayotgan yangi aerodromga birinchi bo‘lib yangi yo‘lakni CASA C295W harbiy transport samolyoti sinovdan o‘tkazdi - aynan u Arnasoyga qo‘nishlar hisobini ochdi.
Aerodrom Jizzax viloyatidagi Aydarko‘l qirg‘og‘ida joylashgan. Uchish-qo‘nish yo‘lagi uzunligi 1700 m × 30 m, kurs 12/30, L-410 va ATR-72 samolyotlari uchun mo‘ljallangan ikkita to‘xtab turish joyi, terminalga ega.
Aerodrom kelajakdagi kurort majmuasi uchun transport tuguniga aylanishi, mintaqani sayyohlar uchun ochishi kutilmoqda.
Shuningdek, Aydar – Arnasoy hududida turizm va ekologik uyg‘unlik asosida yangi ekoturizm maskani qurilishi davom etmoqda.
Yangi maskan doirasida zamonaviy yondashuv asosida ekologik mehmon uylari, velosiped va piyoda sayr yo‘laklari, shuningdek, tabiatni asrashga xizmat qiluvchi axborot markazi ham barpo etiladi.
Qurilish ishlari uchun 60 dan ortiq maxsus texnika jalb etilgan bo‘lib, hozirgi kunda 190 nafardan ortiq ishchi faoliyat yuritmoqda.Ekoturizm maskani 2025-yilning noyabr oyida to‘liq foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Bu yerda sayyohlar uchun qulayliklar bilan birga, tabiatni muhofaza qilishga xizmat qiluvchi yechimlar – quyosh panellari, yomg‘ir suvini yig‘ish tizimlari, chiqindilarni saralash punktlari kabi infratuzilmalar ham o‘rnatiladi.












Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumanidagi "Uchqizil" suv ombori hududida tashkil etilishi rejalashtirilgan "Yoshlar va turizm" ko‘chasi qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi. U yerda olib borilayotgan ishlar talab darajasida emasligi, ayrim qurilish-ta’mirlash ishlari to‘xtab qolgani tanqid qilindi. Tuman rahbariyati va loyiha ijrochilariga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatilib, zarur ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, barcha kuch va imkoniyatlarni jalb etgan holda 2 kilometr uzunlikdagi piyodalar va velosiped yo‘laklarini barpo etish, shuningdek, savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarining qurilishini jadallashtirish vazifalari belgilandi.






























2025-yil 23-avgust kuni Buxoro viloyatining Jondor tumanida joylashgan “Ushot” turizm qishlog‘ining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda turizm sohasi vakillari, mahalliy aholi hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Tadbirni Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Botirjon Shaxriyorov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida viloyatda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar, shuningdek, turizm qishloqlarining iqtisodiy va madaniy ahamiyati, chekka hududlarda xizmatlar sohasini diversifikatsiya qilish va shu orqali yoshlarning, ayollarning muqim bandligini ta'minlashga erishish haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
So'ng, O'zbekiston Respublikasi Turizm qo'mitasi tomonidan Jondor tumanining Ushot qishlog'iga "turizm qishlog'i" maqomi berilgani to'g'risidagi sertifikat tantanali ravishda taqdim etildi.
Tadbir davomida turizm sohasi vakillari uchun "Ushot" turizm qishlog‘ida yangi tashkil etilgan turistik obyektlar bilan tanishtirish maqsadida infotur tashkil etildi. Mehmonlar qishloqdagi mehmon uylari, hunarmandchilik ustaxonalari, “O‘zbek non madaniyati xonadoni” va boshqa turistik imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi.

































BEFIT RACE - har yili
📍 Bu yil biz 23 va 24 avgust kunlari uchrashamiz!
Hamma ishtirok etishi mumkin - yangi boshlanuvchilardan tajribali sportchilargacha.
💥 Bu hissiyotlar, iroda kuchi va biroz aqlsizlik haqida.
Bilasizmi, o'shalar uchun - jasur, beparvo, umidsiz ...
(Agar o‘ylab ko‘rsangiz, bu har birimizning ichimizda yashaydi. Faqat hamma ham buni tashqariga chiqaravermaydi.)
Bu sizning konfor zonangizdan chiqish va o'zingizni sinab ko'rish imkoniyatidir.
📌 Ishtirok etish shakllari:
🔹 Individual ELITA:
5/10 km
🔹 Individual Ochiq:
3/5 km
🔹 Jamoaviy yugurish TEAM OPEN: 3 km



23 va 24 avgust kunlari dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biri Samarqandda unutilmas oilaviy sport bayrami bo‘lishini va’da qilgan noyob havaskor xalqaro triatlon poygasi maydoniga aylanadi. Challenge Samarkand 2025 ga xush kelibsiz!
Musobaqa eng yangi “Ipak yoʻli Samarqand” turizm markazida boʻlib oʻtadi va “Oʻrta masofa” velopoygasi tarixiy shaharning qoq markazidan oʻtib, ishtirokchilarni vaqt boʻylab sayohatga choʻmdiradi va goʻzal manzaralarni namoyish etadi.
Challenge Samarkand triatlondan tashqari ayollar va bolalar poygalarini ham o‘z ichiga oladi.
Masofalar:
O'rta masofa: 1,9 km suzish, 90 km velosiped, 21,1 km yugurish
Sprint masofasi: 0,75 km suzish, 19 km velosiped, 5 km yugurish
Ayollar yugurish: 5 km yugurish
Bolalar yugurish: 200, 400, 600, 800, 1000 m yugurish
Qo'shiling va ajoyib sport festivalining bir qismiga aylaning!
Roʻyxatdan oʻting https://endurancecui.active.com
*Maxsus BEFIT mijozlari uchun istalgan masofaga roʻyxatdan oʻtishda -10% chegirma mavjud.







































G‘ijduvon tumani "Qo‘rg‘on" turizm mahallasiga qarashli "Yoshlar bog‘i" (aleya)da milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va hunarmandchilik an’analarini keng targ‘ib etish maqsadida “G‘ijduvon kulolchiligi va pazandalari” nomli gastronomik festival tashkil etilmoqda
Mazkur festival viloyatimiz mehmonlari, xorijiy sayyohlar hamda mahalliy aholi uchun Buxoroning boy madaniy merosi, milliy hunarmandchiligi va pazandachilik san’ati namoyish etilmoqda.
Festival doirasida kulolsozlar, kashtado‘zlar va boshqa hunarmandlarning mahorat darslari, yosh suratkashlarning ko‘rgazmalari va ayniqsa, milliy folklor jamoalarning sahna chiqishlari festival ishtirokchilariga xush kayfiyat bag'ishlamoqda.
Tadbir davomida G‘ijduvonning mashhur kulolchilik maktabi va milliy taomlari mehmonlar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi. Festival Buxoroning sayyohlik salohiyatini yana bir bor namoyon etilib, mahalliy va xorijiy mehmonlarda ulkan taassurot qoldirmoqda.
Ta'kidlash joizki, ushbu festival xalq hunarmandchiligi va gastronomik merosimizni asrab-avaylash, targ‘ib qilish hamda turizm sohasini yanada rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamlardan biri bo‘lishi kutilmoqda.





















Surxondaryo viloyatida tog‘li rekretsion hududlar, suv omborlari, ko‘llar va daryo sohillari imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda tabiatga ziyon yetkazmagan holda turizmni rivojlantirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan "Janubiy Surxon suv ombori" hududida umumiy maydoni 15,7 gektar bo‘lgan, qiymati 140 mlrd so‘mlik urizm kompleksi qurilishi rejalashtirilgan. Loyiha doirasida tabiiy muhitni asrab-avaylash, yangi yashil maydonlar tashkil etish, ekologik talablarga mos yo‘l va infratuzilmalar barpo etish hamda oqova suvlarni tozalash tizimini joriy qilish nazarda tutilgan.
Viloyat hokimi taklif va tavsiyalar asosida takomillashtirilgan loyiha taqdimoti bilan tanishdi. Hudud ko‘zdan kechirilib, qurilish ishlarini tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirish, belgilangan talablar asosida qisqa muddatlarda boshlash vazifalari topshirildi.
Manbaa: t.me/axborot_xizmati






























Prezidentimizning qaroriga muvofiq, Surxondaryo viloyatida 3 ta yirik turizm markazi barpo etilmoqda. Ularning biri — 615 gektar maydonni qamrab olgan "Sangardak" turizm markazi bo‘lib, loyiha "Turonbank" va xorijiy kompaniyalar hamkorligida ishlab chiqilgan master-reja asosida amalga oshirilmoqda.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumaniga tashrif buyurib, "Turonbank" ATB boshqaruvi raisi Chori Mirzayev bilan markazdagi qurilish ishlari, kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash hamda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosini o‘rgandi.
Hududda 9,5 km ichimlik suvi tarmog‘i va suv inshooti, shu miqdordagi oqova suv kollektori hamda tozalash inshooti qurilishi, mavjud ichki yo‘llarni zamonaviy ta’mirlash va avtoturargohni kengaytirish ishlari olib borilmoqda.



























Президент Шавкат Мирзиёев 25 август куни Самарқандга ташриф буюрди. Эзгу анъанага мувофиқ, аввало, Имом Бухорий мақбараси зиёрат қилинди. Қуръон тиловат этилиб, дуо ўқилди.
Давлатимиз раҳбари бу ердаги бунёдкорлик ишларини кўздан кечирди.
Буюк муҳаддис бобомизга бутун ислом оламида эҳтиром баланд, унинг мақбарасини кўриш истагидаги инсонлар кўп. Шу боис зиёратчиларга шароитларни кенгайтириш мақсадида бу ерда улкан мажмуа барпо этилмоқда.
Зиёратгоҳнинг умумий майдони 44 гектар этиб кенгайтирилган. Мўътабар мақбара, 10 минг кишилик масжид ва маъмурият биноси қуриб битказилган. Мажмуанинг 4 бурчагидаги 75 метрлик миноралар унга маҳобат бағишлаган.
Айни пайтда пардозлаш ишлари олиб борилмоқда. Пештоқлар ва айвон деворларига “Саҳиҳи Бухорий”дан ҳадислар битилмоқда.
Президентимиз бу мажмуа фақат зиёрат эмас, илм-маърифат, тарбия ва ибрат маскани бўлиши кераклигини таъкидлади. Имом Бухорийнинг буюк изланишлари, билими ва камолоти бу ерга келувчилар, айниқса, ёшлар учун эзгу намуна бўлиши қайд этилди.
Шу мақсадда янги мажмуада инновацион музей ҳам ташкил этилмоқда. У ислом оламида муҳаддислар султони дея эътироф этилган Имом Бухорийнинг ҳаёти ва илмий мероси, ислом маърифати ривожига қўшган ҳиссасини намоён этади. Шунингдек, музейда Қуръони каримда исмлари зикр қилинган 25 та пайғамбар тарихи, Муҳаммад алайҳиссаломнинг шажараси, Макка ва Мадинадаги ҳаёти, ҳадисларнинг жамланиши ва ёзилиши ҳақидаги маълумотлар жойлаштирилади.
Зиёратгоҳ атрофида меҳмонхона ва бошқа хизмат кўрсатиш бинолари ҳам қурилиш ишлари якуний босқичга кирган.
Давлатимиз раҳбари қурилишни сифатли бажариш, одамларга қулайликларни кенгайтириш, мажмуа атрофида яшил майдонларни кўпайтириш бўйича кўрсатмалар берди.
Манба: (https://president.uz/uz/lists/view/8417)



“Халқаро замонавий санъат биенналесини юқори савияда ўтказиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–260-сон, 21.08.2025 й.) қабул қилинди.
✅ 2025 йилдан ҳар 2 йилда 1 марта сентябрь–ноябрь ойларида Бухоро шаҳрида халқаро замонавий санъат биенналеси ўтказиб борилади.
⏳ Биринчи Биеннале 2025 йил 5 сентябрь – 20 ноябрь кунлари юқори савияда ўтказилади.
🏛 Халқаро замонавий санъат биенналесига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш бўйича ташкилий қўмита тузилади.
❇️ Биеннале ўтказиладиган 14 та маданий мерос объекти кўргазма ва тадбирлар, таълим ва тадқиқот, ижодиёт ва ишлаб чиқариш жараёнлари уйғунлашган креатив кластерга айлантирилади.
📙 Дунёга таниқли ижодкор, мутахассис ва ошпазлар иштирокида кенг жамоатчилик учун 10 ҳафталик илмий-маърифий, маданий-кўнгилочар, сайёҳлик ва гастрономик дастурлар ташкил этилади.
🖼 30 нафардан ортиқ халқаро эксперт, куратор ва санъатшунослар иштирокида халқаро академик симпозиум ўтказилади.
t.me/huquqiyaxborot



Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йилнинг январь-июль ойларида жами 6,3 млн нафар чет эл фуқаролари туристик мақсадларда Ўзбекистонга ташриф буюрган.
Бу кўрсаткич ўтган йилнинг мос даври билан солиштирилганда қарийб 2,1 млн нафарга ёки 48,9 % га ошган.
🌍 Уларнинг сони мамлакатлар бўйича қуйидагича:
Қирғиз Республикаси – 1 846 030 нафар;
Қозоғистон – 1 466 535 нафар;
Тожикистон – 1 441 618 нафар;
Россия – 536 849 нафар;
Афғонистон – 267 485 нафар;
Туркманистон – 208 864 нафар;
Хитой – 103 158 нафар;
Туркия – 96 492 нафар;
Ҳиндистон – 38 008 нафар;
Корея Республикаси – 25 057 нафар;
Бошқа давлатлар – 289 023 нафар.
📊 Уларнинг сони сафар мақсадлари бўйича қуйидагича:
қариндошларни йўқлаш – 4 338 164 нафар;
сайёҳлик – 949 933 нафар;
хизмат юзасидан – 710 303 нафар;
тижорат – 255 136 нафар;
даволаниш – 54 882 нафар;