











BEKNUR Qiziljar shahrida joylashgan bo'lib, bog'i bor. Bu mulk teras, bepul shaxsiy avtoturargoh va bepul Wi-Fidan foydalanish imkonini beradi.
Mehmonxonada tekis ekranli televizor mavjud.
Mehmonxonada har kuni ertalab halol nonushta mavjud.
Eng yaqin aeroport - Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti, BEKNURdan 95 km.x












Majmua bir vaqtning o‘zida 100 ta avtobus, 150 ta mikroavtobus va 300 ta yengil avtomobilni qabul qilishga mo‘ljallangan.
Shahar chekkasida joylashgan avtovokzalgacha jamoat transporti ham yo‘lga qo‘yildi.





















Samarqand shahrida ilk bor tashkil etilgan “Samarqand OSHI” festivalining birinchi kuni katta qiziqish va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Tadbir qadimiy Sulton Hovand Beka maqbarasi – Ashratxona hududida o‘tkazildi.
Navoiy viloyatidan ham mazkur festivalga mohir oshpaz Akbar Ahmadov ishtirok etib, Navoiycha o’zgacha ta’m va lazzatga ega osh tayyorlab, ishtirokchilarning diqqat markazida bo’ldi.
Festival doirasida mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan mohir oshpazlar o‘z viloyatlariga xos bo‘lgan 5 kilogramlik brend palovni tayyorlab, bellashuvda ishtirok etdilar. Palovlar ta’mi, tayyorlanish uslubi va estetik ko‘rinishi asosida baholandi.
Mazkur tadbir hududiy gastronomik an’analarni targ‘ib qilish, oshpazlar o‘rtasida tajriba almashish va milliy oshxonamizning boyligini namoyish etish maqsadida tashkil etildi.
























🍖 Nurota yurtining mashhur taomlaridan biri bu – tandir kabobi. Maxsus tandirda pishiriladigan bu kabob o‘ziga xos ta’mi, yumshoqligi va rayhon, zira aralashgan hidlari bilan ajralib turadi.
👨🍳 Go‘sht avval maxsus ziravorlar bilan marinad qilinadi, so‘ng qizdirilgan tandirda asta-sekinlik bilan, suvsiz, o‘z bug‘ida pishiriladi. Natijada go‘sht juda yumshoq, shirali va mazali bo‘ladi.
📍 Nurotaga borsangiz, albatta tandir kabobini tatib ko‘ring — bu nafaqat taom, balki asrlar davomida saqlanib qolgan milliy taom madaniyatining bir bo‘lagidir.



























Mehmonlarni nafis go‘shtli taomlar, ko‘cha taomlari, jonli musiqa, tanlovlar, fotosurat zonalari va boshqa interaktiv tadbirlar kutmoqda.
🎫 Kirish bepul
📆 2–3 avgust, soat 16:00 dan 23:00 gacha
📍 Taras Shevchenko ko‘chasi





















Наманган вилоятида туризм инфратузилмасини ривожлантириш ва сайёҳлар учун замонавий шарт-шароитлар яратиш йўналишида йирик лойиҳалар амалга оширилмоқда.
Поп, Тўрақўрғон, Уйчи, Учқўрғон ва Чуст туманлари ҳудудидан оқиб ўтувчи Норин ҳамда Сирдарё дарёлари ва сойларнинг қарийб 40 километр узунликдаги (272,1 гектар) қисмида 650 та туристик хизмат кўрсатиш объектлари жойлаштирилиши режалаштирилган. Бу эса йилига камида 300 минг сайёҳни жалб қилиш имкониятини яратади.
Жорий йилнинг 7 июль куни давлатимиз раҳбари ҳузурида бўлиб ўтган тақдимотда вилоят сув фонди қирғоқ ер майдонларида “Экотуризм ва дам олиш масканлари”ни ташкил этишга расман рухсат берилган.
Шу муносабат билан, 1 август куни вилоят ҳокимининг ўринбосари Б.Нуритдинов Тўрақўрғон ва Мингбулоқ туманларида экотуризмни ривожлантириш масалалари бўйича ўрганиш ишларини олиб борди ҳамда тадбиркор ташаббускорлар билан учрашди.
Илк манзил Ахсикент ҳудудидаги “Шаҳанд сардори” дам олиш маскани бўлиб, бу ерда дарё қирғоқларида туризм инфратузилмасини яратиш режалаштирилган.
Шундан сўнг, Тўрақўрғон тумани Обод маҳалласида 5 гектар ер майдонини туризм зонасига айлантириш юзасидан тақдимот билан танишилди. Шу билан бирга, мазкур майдонларни аукцион савдоларига чиқариш жараёнларини тезлаштириш бўйича мутасаддиларга топшириқлар берди. Таъкидлаш жоизки, Тўрақўрғон туманидан оқиб ўтувчи Сирдарё дарёсининг узунлиги 24 км бўлиб, унинг 3,5 км қисмидаги 35 гектар ер майдонида туризмни ривожлантириш кўзда тутилган.
Кейинги манзил Мингбулоқ тумани Мустақиллик маҳалласи бўлиб, бу ерда 4 км узунликдаги майдонда экотуризм масканларини ташкил этиш режалаштирилган. Мазкур ҳудуддаги тадбиркорлар билан учрашилиб, уларнинг лойиҳа таклифларини кўриб чиқилди.



Вазирлар Маҳкамаси “Sea Breeze” курорт мажмуасига оид қарорни қабул қилди. (https://lex.uz/pdfs/7661949) Унга кўра:
▪️ Чорвоқ сув омборига оқава сув ташлашга йўл қўйилмайди;
▪️ Барча муҳандислик ва экологик ечимлар Бош прокуратура ва Эковазирлик органлари билан келишилади;
▪️ Ҳар қандай қонунбузарлик аниқланса — лойиҳа тўхтатилади, шартнома бекор қилинади ва ер инвестордан қайтариб олинади;
▪️ Тозалаш иншоотлари билан боғлиқ барча харажатлар инвестор ҳисобидан амалга оширилади.
📌 Қарорда жамоатчилик билдирган хавотирлар инобатга олингани қайд этилган. Шунингдек, лойиҳа фақат шаффоф ва ҳисобдорлик асосда, давлат назорати остида амалга оширилиши белгилаб қўйилган.
✅ Агар қарордаги талаблар таъминланса, мамлакатда табиатга зарар етказмасдан, замонавий ва қулай дам олиш масканлари ривожланиши мумкин.












Bugun Urganch xalqaro aeroportida tarixiy voqea yuz berdi — Ozarbayjonning Azal Airways aviakompaniyasi ilk bor Urganchga parvozni amalga oshirdi!
Boku – Urganch – Boku yo‘nalishida amalga oshirilgan ushbu reys aeroportda tantanali tarzda kutib olindi.
Tashrif doirasida yo‘lovchilarni milliy urf-odatlarimizga xos tarzda non va tuz bilan kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu aviaqatnov nafaqat Xorazm viloyati, balki butun O‘zbekiston turizmi va transport sohalari rivojiga katta hissa qo‘shadi.
Bundan tashqari, Urganchdan Turkiya va Yevropa davlatlariga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yilmoqda.
Bu esa xorijiy sayyohlar oqimini oshirish, shuningdek, xorazmliklarning xalqaro aviaparvozlardan qulay foydalanishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Barchani Urganch orqali yangi yo‘nalishlarni kashf etishga chorlaymiz!


















Жорий йилнинг 8-10 август кунлари Хива шаҳрида бўлиб ўтадиган "Қовун сайли" 2025 фестивалига тайёргарлик жараёни...
Хоразм вилояти аҳолиси ва меҳмонлари диққатига!
Жорий йилнинг 8-10 август кунлари Хива шаҳрида бўлиб ўтадиган "Қовун сайли" фестивалида жамоат тартибини сақлаш ва аҳоли хавфсизлигини таъминлашга қаратилган тартиб-қоидаларга қатъий риоя қилишингизни сўраймиз.









Viloyatlarning har birida nonlar o‘ziga xos uslubda tayyorlanadi, ammo nonning har bir bo‘lagida xalqimizning mehri, e’tibori va g‘amxo‘rligi mujassam. Yangi yopilgan nonning xushbo‘y ifori va betakror ta’mi har qanday dasturxonga o‘zgacha fayz bag‘ishlaydi!







































Yevropaning mashhur axborot manbalaridan biri — dunyoning 160 dan ortiq davlatida efirga uzatiladigan Euronews xalqaro axborot telekanalida Surxondaryo viloyatining turizm salohiyati, betakror tabiati va boy an’analari haqida maxsus lavha namoyish etildi.
Sarguzasht hikoyasi sifatida yaratilgan “Ipak yo‘li sarguzashtlari”ning ushbu epizodi tabiat, tarix va urf-odatlar uyg‘unlashgan unchalik taniqli bo‘lmagan hudud bo‘ylab noyob sayohatdir.
O'zbekistonning eng janubiy mintaqasi kamroq mashhur va zamonaviy turizmga unchalik ta'sir qilmaydi. Surxondaryo o‘z xalqining xilma-xil madaniyatlarini ibodat, falsafa va san’at orqali birlashtirgani bilan diqqatga sazovordir.
“Ipak yo‘li sarguzashtlari” ko‘rsatuvining bu galgi qismida ma’naviy va tarixiy yo‘llar chorrahasi bo‘lgan qadimiy Termiz shahriga tashrif buyurdik. Sayohatimizni buddizmning gullab-yashnagan davri Fayoz-tepa va Qoratepega yaqin joyda davom ettirdik.
Keyingi bekat – O‘rta Osiyodagi eng qadimiy aholi punktlaridan biri bo‘lgan, YUNESKO tomonidan o‘zining tirik madaniy an’analari bilan tan olingan Boysun tog‘li shaharchasi. Nihoyat, Xo‘jamayxonaning beg‘ubor tabiati, Tangishar kanyoni va Hisor tizmasi bilan tanishdik.
www.euronews.com/travel/2025/08/01/surkhandaryo-uzbekistans-eng-janubiy-mintaqasi-qayerda-tabiat-an’analar-uchrashadi



🤩 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йилнинг январь-июнь ойларида жами 3,5 млн нафар Ўзбекистон фуқаролари туристик мақсадларда чет элга сафар қилган.
📊 Бу кўрсаткич ўтган йилнинг мос даври билан солиштирилганда 810 минг нафарга ёки 29,7 % га ошган.
📊 Жорий йилнинг январь-июнь ойларида чет элга сафар қилган Ўзбекистон фуқаролари мамлакатлар бўйича қуйидагича тақсимланган:
Қирғиз Республикаси – 1 527 303 нафар
Қозоғистон – 664 669 нафар
Тожикистон – 631 660 нафар
Россия – 230 412 нафар
Саудия Арабистони – 145 294 нафар
Туркия – 102 000 нафар
БАА – 72 729 нафар
Миср – 30 959 нафар
Таиланд – 16 671 нафар
Вьетнам – 16 179 нафар
Бошқа давлатлар – 102 622 нафар
























✨Aydar – Arnasoy hududida turizm va ekologik uyg‘unlik asosida yangi ekoturizm maskani qurilishi davom etmoqda .


















O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025–2026-yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmonida transchegaraviy qo‘shma turistik marshrutlarni kengaytirish maqsadida “Turkmaniston – Xorazm – Qoraqalpog‘iston – Qozog‘iston” yo‘nalishida turistik yo‘lak-halqani yaratish belgilangan.
Mazkur Farmonga asosan, transchegaraviy hamkorlik doirasida yangi turistik yo‘nalish — “Turkmaniston – Xorazm – Qoraqalpog‘iston – Qozog‘iston” yo‘nalishidagi turistik yo‘lak-halqa ishlab chiqildi.
Turizm qo‘mitasi tegishli tashkilotlar hamda xususiy sektor vakillari bilan hamkorlikda mazkur yo‘nalishni sayyohlar uchun qulay, mazmunli va madaniy boy kontentga ega qilib shakllantirdi. Yo‘nalishda sayyohlar quyidagi turizm turlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi:
Gastronomik turizm – har bir mintaqaning milliy taomlari bilan tanishish;
Ekoturizm – tabiiy go‘zalliklar va landshaftlar bag‘rida dam olish;
Etnoturizm – xalq urf-odatlari, an’analari va hunarmandchilik namunalari bilan tanishish;
Ziyorat turizmi – muqaddas qadamjolar va tarixiy-ma’naviy obidalarni ziyorat qilish.
Yo‘nalish doirasida YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hamda milliy va mintaqaviy ahamiyatga ega 15 dan ortiq obyekt qamrab olingan. Jumladan:
Turkmanistonda - Qadimgi Marv shahri, Darvoza gaz krateri, Ko‘xna Urganch;
Xorazmda - Ichan qal’a, Dushan qal’a;
Qoraqalpog‘istonda - I.V. Savitskiy muzeyi, Qizil qal’a, Chilpiq qal’a, Sulton Uvays Bobo ziyoratgohi, Tuproq qal’a, Ayoz qal’a;
Qozog‘istonda - Torish vodiysi, Bo‘zjira vodiysi, Shaqpaq Ota maqbarasi, Sherqal’a tog‘i.
Bu turistik halqa nafaqat sayohat ixlosmandlari, balki madaniyat, tarix, san’at va tabiatni sevuvchilar uchun ham chinakam kashfiyot bo‘lishi mumkin.
Sayyohlar va turistik tashkilotlarga mazkur yo‘nalish bo‘yicha mustaqil ravishda yoki turistik guruhlar tarkibida betakror sarguzashtlarga boy sayohatlarni tashkil etish tavsiya etiladi.





















Nukusga kelgan sayyoh, tabiiyki, eng avvalo “Sahrodagi Luvr” nomi bilan mashhur bo‘lgan I.V. Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyiga yo‘l oladi. Bu noyob maskan, haqiqatan ham, rus va Turkiston avangard san’atining bebaho durdonalarini o‘zida jamlagan. Ushbu kolleksiyaning zamirida nafaqat san’atga bo‘lgan muhabbat, balki kolleksionerning jasorati va XX asrning butun bir madaniy dramasi mujassam.
Savitskiy muzeyi yaqinida, atigi bir necha daqiqalik yurish masofasida, yana bir muhim muzey — Qoraqalpog‘iston tarixi va madaniyati davlat muzeyi joylashgan. O‘rta Osiyodagi eng qadimiy muzeylardan biri bo‘lmish bu muzey 1929-yilda asos solingan va dastlab To‘rtko‘ldagi o‘lkashunoslarning kichik ko‘rgazmasi sifatida faoliyat boshlagan. Bugungi kunda muzey kolleksiyasi 80 mingdan ortiq eksponatni o‘z ichiga oladi. Ular orasida zargarlik buyumlari, amaliy san’at asarlari, arxeologik topilmalar, shuningdek, rangtasvir asarlari va tabiiy ashyolar mavjud.
Bir qarashda bu oddiy o‘lkashunoslik muzeyidek tuyuladi: tarix, madaniyat, tabiat, etnografiya — barchasi o‘z o‘rnida, tartibda. Ammo aynan shu sodda ko‘rinishda uning beqiyos jozibasi yashiringan. Zallar ozoda va orasta, vitrinalar esa toza, nurafshon. Har bir eksponatga g‘amxo‘rlik va ehtirom bilan yondashilganini darhol sezish mumkin. Balki, bu go‘shada yetishmayotgan yagona narsa — gid yoki ekskursovod yordamisiz kelgan mehmonlar uchun har bir bo‘lim mazmunini ochib beruvchi lo‘nda, lekin boy tushuntirishlardir. Shunday izohlar bor joyda, har bir eksponat o‘z hikoyasini so‘zlab bera olardi — jimjitlik ichra tovushsiz gapirardi.
Yo‘nalish Orolbo‘yi hayvonot dunyosini o‘rganishdan boshlanadi. Bu yerda qadimgi hayvonlar va o‘simliklarning toshga aylangan qoldiqlari, shuningdek, Orolbo‘yida yashagan noyob va allaqachon yo‘q bo‘lib ketgan qushlar hamda hayvonlarning mumiyolangan namunalari namoyish etilgan.
Keyingi boʻlim — qadimiyat qa’riga sho‘ng‘ish. Navbatdagi zal sizni 1937-yildan 1991-yilgacha davom etgan keng ko‘lamli Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi natijalariga chorlaydi. Bu yerda qadimiy Xorazm shahar-qo‘rg‘onlaridan topilgan artefaktlar, maketlar va tarixni jonlantiruvchi eksponatlar namoyish etilgan. Har bir buyum — o‘tmishdan yetib kelgan sokin guvoh, har bir maket — ming yillik tarixning ko‘zgu kabidir.
Uning asoschisi va rahbari mashhur sovet arxeologi va etnografi Sergey Pavlovich Tolstov edi. U Xorazmni “O‘rta Osiyo Misri” deb atab, butun umrini uni o‘rganishga bag‘ishlagan. Mana, u taniqli o‘zbek arxeologi Yahyo G‘ulomovich G‘ulomov bilan birga rasmda tasvirlangan. Aytgancha, aynan shu ekspeditsiya bir paytlar qazishmalarni hujjatlashtirish uchun xizmat safariga yuborilgan rassom Igor Savitskiyni Qoraqalpog‘istonga olib kelgan edi. Shunday qilib, buyuk kolleksiyaning tarixi boshlanib ketdi.
Eng yorqin zal etnografik zal hisoblanadi. U, shubhasiz, katta taassurot qoldiradi. Bu yerda qadimiy kiyimlar, zargarlik buyumlari, qurol-yarog‘lar va sovutlar, musiqa asboblari mavjud. Ayniqsa, ot anjomlarini namoyish etish usuli e’tiborga loyiqdir: vitrina o‘rniga metall simlardan yasalgan tabiiy o‘lchamdagi ot shakli o‘rnatilgan. Unga an’anaviy jihozlar — yugan, egar va bezaklar kiydirilgan. Ko‘rinishi oddiy, ammo juda ko‘rgazmali: eksponatlar shunchaki muzey vitrinasining bir qismi bo‘lib qolmay, balki jonli manzaraning ajralmas qismiga aylanadi.
Marshrutni Qoraqalpog‘istonning zamonaviy tarixidagi asosiy voqealarga bag‘ishlangan zal yakunlaydi. Bu yerda XX asrda respublika qanday shakllanganini kuzatish imkonini beruvchi hujjatlar, suratlar va yaqin o‘tmishga oid narsalar joylashgan.
Ko‘rgazmani qoraqalpoq rassomlarining doston va rivoyatlardan ilhom olib yaratgan asarlari to‘ldiradi. Birinchi qavatda an’anaviy o‘tov ham mavjud — mintaqaning madaniy kodiga sayohatingizni yakunlash uchun uning ichiga kirib ko‘ring.
Nukusdagi Bazarbay Serekeyev uy-muzeyi
Nukus mehmonlarining noyob imkoniyati bor — qoraqalpoq tasviriy san’atining tirik merosiga bevosita qo‘l tekkizish va mintaqaning eng yirik rassomlaridan biri Bazarbay Serekeyevning uy-muzeyini ziyorat qilish. Muzey shahar chekkasidagi mahallada joylashgan — bu joy tinch, ko‘chadan deyarli sezilmaydi. Ammo eshik qo‘ng‘irog‘ini bosishingiz bilanoq, sizga nur, bo‘yoqlar va ona yurtga bo‘lgan chin muhabbat bilan to‘lib-toshgan olamning eshiklari ochiladi.
Bazarbay Serekeyev O‘zbekistonning xizmat ko‘rsatgan rassomi bo‘lib, uning asarlari Toshkent muzeylarida, Nukusdagi Savitskiy muzeyi to‘plamida, shuningdek Yevropa, Osiyo va Afrika sanat galereyalarida saqlanmoqda. Uning ijodi oddiy xalq hayotini, Qoraqalpog‘iston tabiatini, kundalik turmush manzaralarini aks ettiradi va ularda doimo milliy ruh sezilib turadi.
Uy-muzeyning birinchi qavati galereyaga ajratilgan. Bu yerda sizni rassom ijodining so‘nggi davr asarlari kutib oladi: u asta-sekin naturadagi aniqlikdan yanada dadil va ifodali uslubga o‘tgan. Kartinalar erkin va jonli energiya bilan to‘lib, yirik hamda yorqin bo‘yoq surtmalari bilan yaratilgan.
Markaziy Osiyoda asrlar davomida qimiz, ayron yoki suv saqlash uchun qo‘llanilgan an’anaviy idish — rassom tomonidan bezatilgan qovoq-bo‘g‘iz idishlari alohida e’tiborni tortadi. Serekeyev ularni g‘aroyib tasviriy san’at asarlariga aylantiradi. Bu uslubni keyinchalik uning o‘g‘li, neoekspressionizm yo‘nalishida ijod qiluvchi rassom Baxtiyor Serekeyev o‘zlashtiradi va yanada rivojlantiradi.
Ikkinchi zaldagi portretlar diqqatni darhol o‘ziga tortadi. Rassomning mahorati bilan yaratilgan bu asarlarda insonlarning xarakteri, milliy xususiyatlari va qahramonlarning ichki qudrati dadillik va aniqlik bilan aks ettirilgan.
Ko‘zga tashlanmaydigan eshik ortida kichkina “xazina” yashiringan — bu asosiy ko‘rgazmaga kiritilmagan asarlar saqlanadigan javondir.
Eng shaxsiy makon — rassomning ikkinchi qavatdagi ustaxonasi. Bu yerda hamma narsa 2017-yilda, Bozorboy Serekeyev olamdan o‘tganidan keyin qanday bo‘lsa, shundayligicha saqlanib qolgan. Devorlarda turli yillarda yaratilgan asarlar tartibsiz holda osilib turibdi. Stol ustida mo‘yqalamlar, palitralar yotibdi, xonaning markazida esa molbert joylashgan. Nazarda, hoziroq eshik ochilib, rassom o‘z ishini davom ettirish uchun kirib kelayotgandek tuyuladi.
Ichki hovlida qoraqalpoqlarning an’anaviy o‘tovi joylashgan. Agar siz muzeyga ekskursiya bilan tashrif buyursangiz, sizga o‘tov ichiga kirib ko‘rishni va hatto milliy taomdan tatib ko‘rishni taklif etishadi. Bu shunchaki yoqimli qo‘shimcha emas — bu umumiy muhitning bir qismi bo‘lib, unda tasviriy san’at, turmush tarzi va an’analar yagona jonli hikoyaga uyg‘unlashadi.




















































































Har yili an’anaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan festival doirasida ma’daniy dasturlar, o’zgacha tamlar, qadimiy Xorazm udumlariga mos turli hil o’yin va tomoshalarga guvoh bo’lasiz!
Bu ka’bi sayl, festival va tadbirlarni o’tkazishdan asosiy maqsad,- yosh avlodlarda milliy qadriyat, vatanga muhabbat hamda qadim a’nanalarni unuttirmaslikdir.
Ushbu uch kun mobaynida Xorazm turizm salohiyatinikeng namoyish qilib, dunyo turizm bozorida cho’qqiga olib chiqish ko’zda tutilgan!
Hafta yakunida ham ziyorat, ham madaniy hordiq olish imkoniyatini qo’ldan chiqarmang!
Bizdan uzoqlashmang!
Barchani "Qovun sayli" ga taklif qilamiz!















Toshkent viloyati Parkent tumanida 22-23-avgustda “Uzum sayli” festivali bo‘lib o‘tadi















Joriy yilning 10-avgust kuni Andijon viloyatining Xonobod shahrida “Motocross” va “Drift Shou”, etnosport festivali va madaniy-ko‘ngilochar tadbir tashkil etildi.
Andijon viloyat hokimligi, Xonobod shahar hokimligi bilan hamkorlikda Xonobodda start olgan «Drift shou» tadbiriga xavaskor avtomobil ishqibozlari, shahar hokimligi hamda OAV vakillari faol ishtirok etdilar.
























16 avgust kuni Nukusda yirik sport-ekologik tadbir — “SQB ECO YARIM MARATHON” bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatning turli hududlaridan 2000 nafar ishtirokchi start oldi. Kimdir 5 km, kimdir 10 yoki 21 kmni tanladi. Lekin hammani bir narsa birlashtirdi: harakatga, tabiatga va hayotga muhabbat.
Marinadan so'ng yarim marafon musiqa festivaliga aylandi — Shoxruh, Janob Rasul, Doppi Twins va DJ Elizaveta Shus sahnada chiqish qilishdi. SQB (https://t.me/sqbuz) tashkilotchilari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi va ProRun jamoasi ko‘magida bu kunni shunchaki sport kuniga aylantirib qo‘ymay, uni haqiqiy bayramga aylantirishdi.
E’tiborli jihati shundaki, marafon ekologik va ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lib, yig‘ilgan mablag‘lar O‘zbekistonda yashil ekologiyani rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Shunday qilib, har bir ishtirokchi toza tabiat uchun haqiqiy harakatning bir qismiga aylandi.
Garchi marra chizig'i ortda qolsa ham, bu kundan boshlab his-tuyg'ular uzoq vaqt davomida ilhomlantiradi!





















Surxondaryo viloyati hokimining tashabbusi bilan M-41 avtomagistrali bo‘ylab harakatlanayotgan xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Uzun tumanida zamonaviy sanitariya-gigiyena shahobchasi foydalanishga topshirildi.
Mazkur inshoot yo‘lovchilarga toza va xavfsiz xizmat ko‘rsatish, ularning yo‘l davomida gigiyenik ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Shahobchada zaruriy sharoitlar, jumladan, ayollar va erkaklar uchun alohida hojatxonalar, yuvinish joylari va nogironlar uchun maxsus qulayliklar yaratilgan.
Ushbu loyiha mintaqada turizm infratuzilmasini rivojlantirish, servis xizmatlari sifatini oshirish hamda mehmonlarga qulay muhit yaratishga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.





















Bugungi kunda Romitan tumani hududida joylashgan O‘ba qishlog‘iga “turizm qishlog‘i” maqomini berish bo‘yicha keng ko‘lamli tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hozirda qishloqda rasmiy ochilish marosimiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, mahalliy xonadonlar oilaviy mehmon uylariga aylantirilmoqda. Shuningdek, mehmonlarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida infratuzilma obyektlari, xususan, yo‘llar, yo‘l ko‘rsatkichlari, dam olish maskanlari, milliy ovqatlanish shoxobchalari tashkil etilmoqda.
Bundan tashqari, qishloqning diqqatga sazovor joylari, qadimiy me’moriy yodgorliklari, urf-odat va an’analari asosida turistik yo‘nalishlar ishlab chiqilmoqda. Mahalliy aholi vakillarini turizm sohasiga jalb etish, ularni malakali gid, hunarmand va xizmat ko‘rsatuvchi sifatida tayyorlash ishlari ham yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur loyiha Romitan tumanining turizm salohiyatini oshirish bilan birga, O‘ba qishlog‘idagi aholi bandligini ta’minlashga ham xizmat qiladi.
