-
Нет Отзывов
-
В избранные
Farg‘ona viloyati Quva tumanida “Maxsud ota” fermer xo‘jaligi tomonidan kunlik 50 nafar mehmonni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan zamonaviy eko va ovchilik turizm maskani ishga tushirildi. Bu yangi turizm ob’yekti mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun tabiat qo‘ynida dam olish imkoniyatini yaratadi.
Maskanda baliq ovlash, ekoturizm, gastronomik turizm kabi yo‘nalishlar bo‘yicha barcha sharoitlar yaratilgan. Sayyohlar bu yerda tabiiy go‘zalliklar bilan tanishib, milliy taomlardan bahra olishlari, ovchilik xursandchiligini his qilishlari mumkin.
“Maxsud ota” — nafaqat dam olish, balki ekologik madaniyat va mahalliy turizmni rivojlantirishda muhim qadam hisoblanadi. Tabiatni sevuvchi va sog‘lom turmush tarzini afzal ko‘ruvchi har bir inson uchun bu maskan — betakror sayohat manzilidir.
📍Lokatsiya (https://maps.windows.com/?form=WNAMSH&collection=point.40.515155_71.97598_Point)