-
Нет Отзывов
-
В избранные
Samarkand shahridagi UNWTO akademiyasida gastronomiya sohasiga bag‘ishlangan seminar va master-klasslar bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Oshpazlar assotsiatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etildi.
Seminarda viloyatdagi yetakchi mehmonxona va restoranlarning oshpaz hamda ofitsiantlari ishtirok etib, mijozlarga xizmat ko‘rsatishning innovatsion yondashuvlari, milliy va xalqaro oshxona uyg‘unligi haqida bilimga ega bo‘ldilar.
Master-klasslarda tajribali oshpazlar zamonaviy texnologiyalar asosida taom tayyorlash jarayonlarini namoyish etib, amaliy mashg‘ulotlar orqali ishtirokchilarning malakasini oshirishga hissa qo‘shdilar.
Ikki kun davomida 60 nafar oshpaz va ofitsiantlar qatnashib, maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Tadbir xizmat ko‘rsatish sifati, mehmondo‘stlik madaniyati hamda turizm jozibadorligini oshirishda muhim qadam sifatida baholandi.