Nurobod tumanida yangi turizm markazi: Nurbuloq kurort shaharchaga aylantiriladi

 

Samarqand viloyati Nurobod tumanida joylashgan Nurbuloq shaharchasini zamonaviy kurort shaharchaga aylantirish bo‘yicha tizimli ishlar boshlab yuborildi.

2026-yil 8-yanvar kuni Nurbuloq shaharchasida ushbu hududni kurort yo‘nalishida rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan master reja muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Muhokama jarayonida shaharchaning tabiiy-iqlim sharoiti, shifobaxsh suv resurslari, infratuzilma holati hamda turizm salohiyatidan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ–392-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilmoqda. Qarorda hududlarda turizmni rivojlantirish, sog‘lomlashtirish va kurort yo‘nalishlarini kengaytirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.

Master reja doirasida:

zamonaviy sanatoriy va sog‘lomlashtirish majmualari,

mehmonxonalar va oilaviy mehmon uylari,

dam olish hududlari va yashil zonalar,

muhandislik-kommunikatsiya hamda transport infratuzilmasini rivojlantirish
bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Loyihaning asosiy maqsadi — Nurbuloqni sog‘lomlashtirish, dam olish va ekologik turizm yo‘nalishida ixtisoslashgan zamonaviy kurort maskaniga aylantirish, shuningdek, mahalliy aholi bandligini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishdan iborat.

Nurbuloq shaharchasining kurort sifatida shakllanishi Samarqand viloyati turizm salohiyatini yanada kengaytirib, hududni ichki va xalqaro sayyohlar uchun jozibador manzilga aylantiradi.

Lokatsiya
REDUX
Был в сети: 12.01 14:52
Все мероприятие автора
  • Электронная почта:
  • Номер телефона:
  • Адрес: alsdjfalsjkf
  • Ответственное лицо: Izzat Corporation
  • Страна: Uzbekistan
  • Похожие мероприятие