

























Namangan shahrida joylashgan ORZU HOTEL bog'ni taklif etadi. Mehmonxonada xona xizmati, 24 soatlik resepsiyon va mehmonlar uchun valyuta ayirboshlash xizmatlari mavjud.
Barcha mehmon xonalari konditsioner, simi kanalli tekis ekranli televizor, choynak, dush, bepul hojatxona jihozlari va stol bilan jihozlangan. Mehmonxona xonalarida sochlarini fen bilan jihozlangan maxsus hammom, shuningdek, bepul Wi-Fi mavjud, tanlangan xonalar esa shahar manzarasini ham taqdim etadi. Birliklarda garderob mavjud.
ORZU HOTEL kontinental yoki halol nonushta taklif qiladi.
Eng yaqin aeroport Namangan xalqaro aeroporti, turar joydan 9 km uzoqlikda joylashgan.



Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida jami 949,9 ming nafar chet el fuqarolari sayohat maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
📊 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 319,3 ming nafarga yoki 50,6 % ga oshgan.
📊 Joriy yilning 7 oyida O‘zbekistonga sayohat maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
Rossiya — 194,3 ming nafar;
Turkmaniston — 147,8 ming nafar;
Qozog‘iston — 102,9 ming nafar;
Qirg‘iz Respublikasi — 82,1 ming nafar;
Xitoy — 60,8 ming nafar;
Tojikiston — 60,5 ming nafar;
Turkiya — 36 ming nafar;
Hindiston — 24,9 ming nafar;
Italiya — 20,6 ming nafar;
Janubiy Koreya — 18,7 ming nafar;
Germaniya — 17,3 ming nafar;
AQSH — 15,5 ming nafar;
Boshqa davlatlar — 168,5 ming nafar.
Manbaa: stat.uz
























G‘ozg‘on shahri hokimi Nurali Jo‘rayev, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari N. Zoyirov hamda tegishli mas’ullar bilan birgalikda “Shohimardon” ziyoratgohi va "Turizm" ko‘chasida olib borilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi.
🔘 Tashrif davomida qurilish jarayonining borishi, ishlarning sifat darajasi va belgilangan muddatlarga rioya etilishi atroflicha o‘rganildi.
🔘Shahar hokimi mazkur loyihalarning shahar turizm salohiyatini oshirish, aholiga qulay sharoitlar yaratish hamda infratuzilmani yanada yaxshilashda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
🔛 Shuningdek, qurilish ishlarini jadallashtirish, sifatni doimiy nazorat qilish hamda hududni obodonlashtirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.



Turizm qo‘mitasi va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda turizm turlarini diversifikatsiya qilish va sayyohlar qolish muddatini uzaytirish maqsadida Buyuk Ipak yo‘lining “Zarafshon – Qoraqum yo‘lagi” bo‘yicha yangi turizm marshrutini o‘z ichiga olgan Navoiy, Samarqand va Buxoro viloyatining turizm halqasi ishlab chiqildi.


















Qirgʻiziston Respublikasining O`sh viloyatida mashhur davlat arbobi Alimbek Datka tavalludining 225 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi, unda Fargʻona viloyati delegatsiyasi ham ishtirok etdi.
Mazkur nufuzli tadbirda Fargʻona viloyati hokimligi vakillaridan iborat delegatsiya, viloyat hokimi oʻrinbosari Xurshidjon Axmedov boshchiligida ishtirok etdi.
Ushbu tashrif ikki xalq oʻrtasidagi tarixiy, madaniy va doʻstona aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.



📢2025-yil 8-oktabr kuni Olmaota shahrida va 10-oktabr kuni Ostona shahrida “AVIAREPS Around the World Roadshow” xalqaro turizm tadbiri bo‘lib o‘tadi.
🖋 Tadbir doirasida B2B formatda uchrashuvlar tashkil etilib, unda:
-yirik mehmonxona brendlari,
-xalqaro aviakompaniyalar,
-xorijiy davlatlarning turizm idoralari,
-turoperatorlar, agentliklar va MICE kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.
✅ Bu O‘zbekistonning turizm salohiyatini qo‘shni Qozog‘iston bozorida keng targ‘ib qilish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va amaliy hamkorlikni mustahkamlash uchun katta imkoniyatdir.
Qo‘shimcha ma’lumot va ishtirok etish bo‘yicha murojaat uchun:
📩 tmelikhova@aviareps.com



“Anklavlarga sayohat” dasturi doirasida “Farg‘ona – Batken turistik halqasi” ishlab chiqildi
So‘ngi yillarda sayyohlar tomonidan yangi turizm obyektlarini kashf etish va noodatiy joylarga sayohatlarni amalga oshirishga qiziqish ortib borayotganligi kuzatilmoqda.Тurizm turlarini diversifikatsiya qilish va sayyohlar qolish muddatini uzaytirish maqsadida “Anklavlarga sayohat” tashabbusi doirasida O‘zbekiston va Qirg‘izistonning diqqatga sazovor joylarini o‘z ichiga olgan “Farg‘ona – Botkent turistik halqasi” dasturi ishlab chiqildi.
Turistlar Farg‘ona vodiysining go‘zal tabiati, tog‘lar, daryolar va ko‘llarini ko‘rish imkoniga ega bo‘ladilar. Sayohat davomida nafaqat ekoturizm, balki enoturizm (Wine garden), sanoat turizmi (Marg‘ilon gilam fabrikasi), faol turizm (otda sayr), Agro turizm (Vodil tumanidagi malina plantatsiyalari) kabi turizm turlari bilan tanishish imkoniyati mavjud.
Sayyohlarga qulayliklar yaratish va sayohat dasturlarini ishlab chiqishda yuqoridagi turistik marshrut bo‘ylab sayohatlarini tashkil etish tavsiya etiladi.












«O‘zbekiston Ipak yo‘li halqasi» yo‘nalishi doirasida yangi ichki aviaparvozlarni yo‘lga qo‘ymoqdamiz!
Endi sayohatchilar Centrum Air qanotlarida qulay va tezkor harakatlangan holda Xiva, Buxoro va Samarqanddagi eng muhim diqqatga sazovor joylarni ko‘rishlari mumkin. Karuselni aylantiring va O‘zbekiston boʻylab marshrutingizni rejalashtiring.
Shuningdek, tez orada «Ipak yo‘li halqasi»ni to‘liq yopish uchun yangi ichki reyslarni ishga tushirishni rejalashtiryapmiz — yangiliklarni kuzatib boring.
✈️ Aviachiptalar va parvoz jadvali centrum-air.com saytida















O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Turizm qo‘mitasi bilan hamkorlikda 12-18-sentyabr kunlari Rossiyaning “Birinchi kanal” telekanalidagi mashhur “G‘ildirakdagi oshpazlar” ko‘rsatuvi ijodiy jamoasining O‘zbekistonga tashrifini uyushtirdi.
Dastur ijodiy jamoasi O‘zbekistonning gastronomik va sayyohlik salohiyatini Rossiyada keng targ‘ib qilish hamda bu mamlakatdan keluvchi sayyohlar sonini yanada ko‘paytirish maqsadida Samarqand va Toshkentning diqqatga sazovor joylari, sayyohlik maskanlari va tarixiy manzillariga tashrif buyurib, suratga olish ishlarini olib bormoqda.
Tashrif yo‘nalishidagi har bir shaharda oshpazlar mahalliy oshxona va an’anaviy taomlar bilan tanishib, mahalliy bozorlar va do‘konlardagi mahsulotlar xilma-xilligini o‘rganmoqdalar. Mahalliy oshpazlik madaniyatidan ilhom olgan rossiyalik oshpazlar o‘zlarining pazandachilik durdonalarini tayyorlashmoqda.
Safar doirasida ijodiy guruh Toshkent viloyatining Parkent tumaniga ham tashrif buyurib, u yerda havo sharida parvozni amalga oshirdi. Qushlar parvozi balandligidan loyiha ishtirokchilari go‘zal manzaralar, betakror tabiat va tog‘ tizmalarining hashamatli ko‘rinishlaridan zavq olishdi, O‘zbekiston landshaftlarining go‘zalligi va xilma-xilligiga yana bir bor amin bo‘lishdi.
Har bir dastur yakunida rossiyalik mashhur oshpazlar haqiqiy oshpazlik bellashuvini uyushtirishadi. Samarqand va Toshkent shaharlarining markaziy diqqatga sazovor joylarida o‘z fudtraklarini to‘xtatib, mahalliy taomlarning o‘ziga xos variantlarini tayyorlashadi, mahalliy aholi esa ularni tatib ko‘rib, ovoz beradi va g‘olibni tanlaydi.
Ta’kidlash joizki, "G‘ildirakdagi oshpazlar" kulinariya shousi rossiyalik tomoshabinlar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Federal va mintaqaviy ommaviy axborot vositalarida ushbu dasturni tomosha qiluvchilarning umumiy soni 18 milliondan ortiq kishini tashkil etadi.



























Mamlakatimizga kelayotgan xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun yangi turizm yo‘nalishlarini yaratish, qadimiy sport turlarini keng ommaga tanitish hamda etnoturizm sohasini rivojlantirish maqsadida Toshkent shahrida joylashgan “Chavandozlar maktabi” hududida yangi tashkil etilgan “Etnosport turizm maskani”ga infotur tashkil etildi.
Tadbir Milliy gvardiya va Etnosport assotsiatsiyasi ko‘magida o‘tkazildi. Ushbu infotur orqali ishtirokchilarga maskan infratuzilmasi, ko‘rsatilayotgan xizmatlar va mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Infotur davomida mehmonlarga bir qator qiziqarli mashg‘ulotlar namoyish etildi. Jumladan, kamondan otish, arqon tortish, tosh ko‘tarish va boshqa milliy sport turlari bo‘yicha mahorat darslari, shuningdek, otda sayr qilish va chavandozlik ko‘nikmalarining amaliy ko‘rinishlari taqdim etildi. Bu tajribalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va milliy sport merosimizga nisbatan yanada chuqurroq e’tibor qaratilishiga xizmat qildi.
Bu kabi tashabbuslar nafaqat sport va sayyohlikni birlashtiradi, balki madaniy merosimizni asrab-avaylash va uni zamonaviy shakllarda namoyon etishga xizmat qiladi.
https://chavandozlar-maktabi.uz/oz/news/bujuk-britanijalik-turistlar-pojtahtimizda-
https://yandex.uz/maps/org/68600822063/?ll=69.396697%2C41.327865&utm_source=share&z=14
https://yandex.uz/maps/org/97688463659/?ll=69.520152%2C41.254645&utm_source=share&z=10
https://yandex.uz/maps/org/206061428895/?ll=69.323041%2C41.388460&utm_source=share&z=13.82
https://yandex.uz/maps/org/65802651371/?ll=69.520152%2C41.254645&utm_source=share&z=10
https://yandex.uz/maps/10335/tashkent/?ll=69.388349%2C41.312423&mode=poi&photos%5Bbusiness%5D=118934328584&photos%5Bid%5D=urn%3Ayandex%3Asprav%3Aphoto%3A13790728_2a000001934a2c3ad0d1eddf2eeb6f12e8f3&poi%5Bpoint%5D=69.350420%2C41.310463&poi%5Buri%5D=ymapsbm1%3A%2F%2Forg%3Foid%3D118934328584&tab=gallery&utm_source=share&z=12.32
https://yandex.uz/maps/org/182532262398/gallery/?ll=69.539576%2C41.422350&photos%5Bbusiness%5D=182532262398&photos%5Bid%5D=urn%3Ayandex%3Asprav%3Aphoto%3A11018317_2a0000018c4f04ded0b1a082fb5e58998e83&utm_source=share&z=10
https://chavandozlar-maktabi.uz/oz/news/bujuk-britanijalik-turistlar-pojtahtimizda-












2025-yil 24-26-sentyabr kunlari turizm vakillari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “Migratsiyadan qaytgan xotin-qizlarning iqtisodiy reintegratsiyasini ta’minlash va ularni mamlakatimizdagi turizm sohasiga samarali jalb qilish”ga qaratilgan o‘quv-seminarida ishtirok etishmoqda.
O‘quv-seminarning asosiy maqsadi – xorijdan qaytgan xotin-qizlarni mahalliy turizm sohasiga jalb etish, ularning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash va jamiyatga integratsiyalashuviga ko‘maklashishdan iborat.
Ma’lumot o‘rnida, seminar davomida ishtirokchilar Bo‘stonliq tumanidagi yirik turizm obyektlari va oilaviy mehmon uylari faoliyati bilan yaqindan tanishadilar. Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar va tajriba almashinuvi asosida turizm xizmatlari bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.















Yaponiya xalqaro taraqqiyot agentligi (JICA)ning xalqaro ekspertlari turizmni rivojlantirishga oid hamkorlik dasturlari doirasida viloyatimizga tashrif buyurishdi.
Ular turizm salohiyati yuqori boʻlgan qishloq va mahallalarda oʻrganish ishlari olib bormoqda. Ushbu jarayonning asosiy maqsadi – turizm qishloqlarining hozirgi holatini tahlil qilish, mavjud imkoniyatlarni aniqlash hamda ularni yanada rivojlantirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Oʻtkazilayotgan oʻrganishlar natijasida xalqaro tajribaga asoslangan amaliy takliflar ishlab chiqilib, qishloq turizmi istiqbolini taʼminlashga xizmat qiladi. Shu orqali hududlarda yangi ish oʻrinlari yaratilishi, aholining daromadlari ortishi va eng asosiysi, milliy merosimiz keng targʻib etilishi kutilmoqda.












2026-yilning 3−6-may kunlari Samarqand shahri Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) 59-yillik yig‘ilishiga mezbonlik qiladi. Unda bankka a’zo 69 davlatning bank-moliya muassasalari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar, NNTlar va OAV vakillari ishtirok etib, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida joylashgan mamlakatlar oldida turgan rivojlanish muammolarini ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilmoqda.
Batafsil:https://www.facebook.com/share/p/19gnH4hcTZ/






Payariq tumanida ezgu tashabbus: nogironlar uchun Xorazmga 3 kunlik sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar Xiva shahrining tarixiy obidalari, Ichan-Qal’a majmuasi va boshqa diqqatga sazovor maskanlarga tashrif buyurishdi. Bu tashabbus nafaqat a’zolarga unutilmas taassurotlar ulashdi, balki ularning ruhiy ko‘tarinkiligini oshirib, yangi do‘stlik rishtalarini mustahkamladi.
Nogironlar mas’ullarga o‘z minnatdorliklarini bildirishdi. Ularning ta’kidlashicha, bu kabi sayohatlar jamiyat a’zolarining hayotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi va ularni ijtimoiy hayotga faolroq jalb etadi.









2025-yil 2-sentabrdan 2-oktabrgacha Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan "Xavfsiz kiber makon" oyligi doirasida Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan sayyohlik namoyishi ob’ektlariga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy sayyohlarga mo‘ljallangan navbatdagi targ‘ibot tadbirlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Tadbirlar davomida sayyohlarga kiberxavfsizlik qoidalari, sayohat davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflardan himoyalanish usullari haqida batafsil maʼlumot berildi. Maqsad — mamlakatimizda xavfsiz va osoyishta turizm muhitini yaratish, har bir sayyohning kiberxavfsizlikka oid bilimlarini oshirishdir.
Biz birgalikda Xavfsiz turizmni ta’minlash orqali yangi darajaga erishamiz!



Xalqaro Turizm Akademiyasi, BMT Turizm tashkiloti hamda Le Roches
🎓 “Mehmonxona biznesini boshqarish” kurslarining quyidagi modullariga o'qishga taklif etadi:
6️⃣ Daromadlarni boshqarish- 13.10–14.11.2025
7️⃣ Investitsiya & Ko‘chmas mulk – 17.11–19.12.2025
8️⃣ Tadbirlarni boshqarish – 05.01–30.01.2026
📌 Format:
👩🏫 1-hafta – Darslar Akademiyada offline tarzda
💻 2–4-haftalar - Onlayn va mustaqil topshiriqlar
🏨 5-hafta – Mehmonxonalarda amaliyot
💵 Narx: 120 USD / modul ( To’lovlar Markaziy bank kursida amalga oshiriladi)
🔥 Markaziy Osiyoda yagona!
✅ Xorijiy mutaxassislar
✅ Ingliz tilida ta’lim
✅ Video-intervyu orqali qabul
🚀 Malaka oshirish uchun eng yaxshi vaqt – hozir!
👉 Talabgorlar 2025-yil 6-oktabrgacha www.tourism-academy.uz saytidan ro’yxatdan o’tishlari mumkin.
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun
Telefon: +99866-240-67-82
📧 Email: admissions@tourism-academy.uz
























Denov tumanining Sina qishlog‘ida Surxondaryo viloyati hokimligi hamkorligida “Milliy taomlar sayli” o‘tkazildi. Tadbirda Termiz shahri va tumanlardan tashrif buyurgan mohir oshpazlar o‘z hududlariga xos milliy taomlarni namoyish etdilar.
Milliy uslubda bezatilgan pavilonlarda pazandalar turli taomlarni tayyorlash jarayonlarini, ularning tayyorlanish usuli, udum va an’analarini ishtirokchilarga amaliy tarzda ko‘rsatib berdi.
Sayl mehmonlari — xorijiy sayyohlar, viloyatimiz va respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurganlar — non, patir, somsa, tandir kabob, go‘shtli osh kabi o‘zbek milliy taomlarining tayyorlanish jarayonini tomosha qildilar, ularni tatib ko‘rib, yuqori baholadilar.
Tadbir doirasida milliy o‘yinlar, xalqona musobaqalar va sport bellashuvlari ham tashkil etildi. Bu chiqishlar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Sayil yakunida “Eng yaxshi taom”, “Eng yaxshi oshpaz” va “Eng ko‘p milliy taom tayyorlagan oshpaz” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, diplom, maxsus statuetka va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Foto: Mobil tasvirlar









🔸Festival doirasida xorijiy va milliy rassomlar, shuningdek, oliy o‘quv yurtlari talabalari Zomin tumani Zomin milliy tabiat bog‘ida rasmlar yaratmoqdalar.
🔸 Festival doirasida mahorat darslari, ochiq plenerlar, ko‘rgazmalar va davra suhbatlari o‘tkazilib, ularda ekoturizm, agroturizm istiqbollari va qishloq hududlarini rivojlantirishda san’atning o‘rni muhokama qilinmoqda.
🔸Festivalning o‘ziga xosligi shundaki, badiiy asarlar bevosita joyida - turizm maskanlari, go‘zal qishloq xo‘jaligi manzaralari, bog‘lar, uzumzorlar va tog‘ landshaftlari fonida yaratiladi.


















Samarkand shahridagi UNWTO akademiyasida gastronomiya sohasiga bag‘ishlangan seminar va master-klasslar bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Oshpazlar assotsiatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etildi.
Seminarda viloyatdagi yetakchi mehmonxona va restoranlarning oshpaz hamda ofitsiantlari ishtirok etib, mijozlarga xizmat ko‘rsatishning innovatsion yondashuvlari, milliy va xalqaro oshxona uyg‘unligi haqida bilimga ega bo‘ldilar.
Master-klasslarda tajribali oshpazlar zamonaviy texnologiyalar asosida taom tayyorlash jarayonlarini namoyish etib, amaliy mashg‘ulotlar orqali ishtirokchilarning malakasini oshirishga hissa qo‘shdilar.
Ikki kun davomida 60 nafar oshpaz va ofitsiantlar qatnashib, maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Tadbir xizmat ko‘rsatish sifati, mehmondo‘stlik madaniyati hamda turizm jozibadorligini oshirishda muhim qadam sifatida baholandi.



2025-yilgi Butunjahon turizm kuni mavzusi etib “Turizm va barqaror transformatsiya” belgilandi, bunda asosiy e’tibor tabiiy resurslardan oqilona va mas’uliyatli foydalanishga qaratiladi.
Butunjahon turizm tashkilotining rasmiy saytida ta’kidlanishicha, chiqindilarni kamaytirish, bioxilma-xillikni asrash, tabiiy resurslar hamda ekotizimlarni muhofaza qilish ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, 2025-yilda iqlim o‘zgarishlariga chidamlilikni oshirishga ko‘proq investitsiya jalb qilish lozimligi qayd etilgan.
Shu o’rinda aytish lozimki, O‘zbekiston ham atrof-muhitni muhofaza qilish borasida faollashib, sohadagi qator xalqaro tadbirlarga mezbonlik qilmoqda. Xususan, bugungi kunda nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi, balki butun dunyoni tashvishga solayotgan iqlim o‘zgarishlarining salbiy oqibatlarini yumshatishga katta e'tibor qaratmoqda. Jumladan, joriy yilning 4–5-aprel kunlari Samarqandda bo’lib o’tgan Xalqaro Iqlim forumida iqlim bilan bog’liq muammolarni hal etishda ilmiy yondashuv va innovatsion yechimlar zarurligi, uch tomonlama sayyora inqirozining salbiy oqibatlarini yumshatish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, qurg‘oqchilik va cho‘llanishga qarshi kurash, bioxilma-xillikni muhofaza qilish borasida ham O‘zbekiston tomonidan bir qancha tashabbuslar ilgari surilmoqda. Jumladan, Samarqandda o‘tkazilgan Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi, COP14, CRIC-21 xalqaro konferensiyalarida turizmni rivojlantirish, ko‘chib yuruvchi hayvonlarni asrash, cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashga e'tibor qaratildi. Bu borada qilinishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi. Shuningdek, joriy yilning 24-noyabridan 5-dekabrgacha bo‘lib o‘tadigan yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi toʻgʻrisidagi konvensiya (CITES) tomonlar konferensiyasining (COP20) 20-yigʻilishida noyob flora va fauna vakillarini muhofaza qilishga e'tibor qaratiladi.
Yurtimizda shuningdek turizm sohasini rivojlantirishda joylardagi ekologik vaziyatni inobatga olish, ekoturizm yo’nalishiga yondashuvni o’zgartirish so’nggi paytlarda soha rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda, zero bu o’rinda tabiat ustuvor va u izn bersagina boshqa sohalar rivojlanadi. Shundan kelib chiqadigan bo’lsak, 2025-yilda Butunjahon turizm kunining “Turizm va barqaror transformatsiya” deya nomlanishi ayni muddaodir.
Ma'lumot uchun, Butunjahon turizm kuni ("World Tourism Day") har yili 27-sentabrda nishonlanadi. Ushbu kun 1979-yilda Ispaniyaning Torremolinos shahrida Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO, hozirgi "UN Tourism") Bosh assambleyasi tomonidan taʼsis etilgan. Maqsad turizmni targʻib qilish, uning jahon iqtisodiyotiga qoʻshgan hissasini yoritish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdir.















Qashqadaryoda mehmonxona xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 17-yanvardagi PQ-12-sonli qarosi 11-ilovasida keltiririlgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyat hokimligi, viloyat turizm boshqarmasi, qishloq turizmi uyushmasi hamda Qarshi davlat universiteti hamkorligida Qamashi tumani Qiziltepa, Ko‘kbuloq va Kattao‘ra mahallalarida “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil qilish va uni boshqarish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
🎯 Tadbir davomida soha mutaxassislari mehmonxona faoliyatini samarali tashkil etish, xizmat ko‘rsatish madaniyati va boshqaruv jarayonlari bo‘yicha foydali bilim va amaliy tajribalar bilan o‘rtoqlashdilar.
✨ Seminar yakunida faol ishtirok etgan fuqarolarga sertifikatlar topshirildi.
📌 Ushbu treninglar kelgusida hududlarda turizm sohasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahalliy aholining salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
