-
Нет Отзывов
-
В избранные
XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
🔹2026-yil 31-mart kuni Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkentdagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti va O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi hamkorligida “Ziyorat turizmi va mahalliy aholi: ziyoratgohlar atrofidagi hududlarda barqaror rivojlanish va ijtimoiy mas’uliyat” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etiladi.
🔹Konferensiya doirasida ziyorat turizmini rivojlantirishning dolzarb masalalari, uning hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’siri, muqaddas maskanlar atrofida barqaror infratuzilmani shakllantirish hamda mahalliy aholi manfaatlari bilan turizm sohasi o‘rtasida muvozanatni ta’minlash masalalari muhokama qilinadi.
🔹Tadbirda mahalliy va xorijiy olimlar, ekspertlar hamda turizm sohasi mutaxassislari ishtirok etadilar.
📅 Sana: 2026-yil 31-mart
🕙 Vaqt: 10:00 – 13:00
📍 O‘tkazilish joyi: Toshkentdagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti
(Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 28)
💻 Onlayn ishtirok (Zoom): https://surl.li/spjoxn
🔹Olimlar, tadqiqotchilar, turizm sohasi mutaxassislari hamda barcha qiziquvchilarni konferensiyada ishtirok etishga taklif qilamiz.
