• Hududlar
Turkiyaning Istanbul shahrida ETHEXPO – “Eurasia Tourism and Health Exhibition” xalqaro turizm va sog‘liqni saqlash ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Istanbulda yirik xalqaro ko‘rgazma o‘tkaziladi!

2026-yil 25–28-noyabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida ETHEXPO – “Eurasia Tourism and Health Exhibition” xalqaro turizm va sog‘liqni saqlash ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli tadbir turizm, tibbiy xizmatlar, SPA va sog‘lomlashtirish yo‘nalishlarini birlashtirgan yirik platforma bo‘lib, unda dunyoning turli mamlakatlaridan mutaxassislar, investorlar hamda kompaniyalar ishtirok etadi.

Mazkur ko‘rgazma doirasida tibbiy turizm va zamonaviy sog‘liqni saqlash xizmatlari bo‘yicha ilg‘or tajribalar namoyish etilib, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyati yaratiladi. ETHEXPO’da ishtirok etish esa mamlakatimizning turizm salohiyati va tibbiy xizmatlarini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

📞 Aloqa uchun: +90 212 444 82 75(WhatsApp)
🌐 Veb-sayt: www.ethexpo.org
📧 Email: info@ethexpo.org

https://t.me/travelkhorezm/19648