-
Нет Отзывов
-
В избранные
ISO 21621:2025 (ISO 21621:2021, IDT) xalqaro standarti "Turizm va unga bog'liq xizmatlar. An'anaviy restoranlar. Vizual jihatlar, dekor va xizmatlar" tasdiqlandi va ro'yxatdan o'tkazildi.
Ushbu standart O'zbekiston Standartlar Instituti tomonidan Turizm qo'mitasi qoshidagi STQ 9 "Turizmda standartlashtirish bo'yicha texnik qo'mita" bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
Ushbu hujjat ma'lum bir mamlakat yoki mintaqaning o'ziga xos oshxonasi va urf-odatlariga rioya qiladigan an'anaviy restoranlarda atrof-muhit va xizmat ko'rsatishga oid talablar va tavsiyalarni belgilaydi.
Standart an'anaviy restoran binosi, mebellari va dekorasi, oshpazlik madaniyati va ovqatlanish odatlari, xizmat ko'rsatish va xodimlar bilan bog'liq elementlar uchun talablar va tavsiyalarni belgilaydi. Standartning A ilovasida turli mamlakatlar oshxonalari namunalari keltirilgan.
Standart joriy yilning 23-noyabridan kuchga kiradi.
Russian