-
Нет Отзывов
-
В избранные
Turoperatorlar va turizm sohasi vakillari diqqatiga!
Sizni joriy yil 9-yanvar kuni soat 15:00 da 2025-yilda o‘tkazilgan xalqaro turizm ko‘rgazmalari va yarmarkalari sarhisobiga bag‘ishlangan onlayn uchrashuvda ishtirok etishga taklif etamiz.
Mazkur uchrashuv davomida o‘tgan yilda tashkil etilgan tadbirlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirish, joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro turizm ko‘rgazmalari va yarmarkalarida ishtirok etish bo‘yicha taklif va tashabbuslarni ilgari surish, shuningdek, tashkiliy masalalarni tanqidiy jihatdan muhokama qilish imkoniyati yaratiladi.
Uchrashuvda Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi” DM rahbariyati va Tadbirlar bo‘limi mas’ullari ishtirok etib, sizni qiziqtirgan savollar va dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot olib boriladi.
Mazkur uchrashuvda faol ishtirok etish orqali bildiriladigan fikr va takliflar asosida turizm sohasini yanada rivojlantirish, yuqori salohiyatga ega bozorlarni aniqlash va o‘rganish, xalqaro turizm ko‘rgazmalarini tashkil etish jarayonini yangi bosqichga olib chiqish ko‘zda tutilgan.
Shu munosabat bilan, barchangizni ushbu muhim uchrashuvda faol ishtirok etishga chaqiramiz. (HAVOLA (https://us06web.zoom.us/j/87468556508?pwd=bzCU1EHWevI4bg2L2EXwuAsToLUS79.1))
Murojaat uchun: 📞 +998 78 129 09 90 📞 +998 91 429 97 77 📧 fair@nationalprcentre.com
“Milliy PR-markazi” DM
Russian